Kirish Ro'yxatdan o'tish

Matichning Rimdagi sarguzashtlari boshlanmoqda

Matichning Rimdagi sarguzashtlari boshlanmoqda

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Nemanya Matich "Roma"ga o‘tishga yaqinlashmoqda.

Sky Sports Italia xabariga ko‘ra, yakshanba yoki dushanba kuni 33 yoshli serb tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Rimga uchishi kerak. U erkin agent sifatida rimliklar bilan shartnoma imzolaydi.

Matichning mankunianliklar bilan shartnomasi shu oy oxirida tugaydi.

May oyi boshida Matich "Yuventus"ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Yarim himoyachi 2017 yilning yozidan buyon "Manchester Yunayted" safida harakat qilayotgan edi. O‘tgan mavsumda Matich 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta golga assistentlik qilgan.

Kiritildi: 17:17, 10.06.2022.
O'qildi: 1948 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик