Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

Qarzdorligi mavjud bo‘lgan klublar yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazmaydi

Qarzdorligi mavjud bo‘lgan klublar yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazmaydi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zPFL Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishida qarzdorligi mavjud bo‘lgan futbol klublari masalasi ham kun tartibiga qo‘yildi. Bu borada tashkilot yaqinlashib kelayotgan yozgi transfer oynasi vaqtida ayrim choralarni ishga solish taklifini berdi va mazkur masala bir ovozdan tasdiqlandi.

O‘zbekistonda futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishning yozgi davri 4-30 iyul sanalariga to‘g‘ri keladi. Ayni vaqtda Coca-cola Superliga hamda Pro liga klublari o‘z safiga yangi futbolchilarni qo‘shib olishga tayyorgarlik ko‘rayotgani sir emas. Biroq bunda lisenziyalashning eng birinchi talabini unutmaslik kerak bo‘ladi. Bugungi kunda ayollar va futzal jamoalaridan, shuningdek, futbolchilar va boshqa ishchi-xodimlar oldida, transferlar masalasida boshqa klublardan qarzdorligi mavjud jamoalar bor. Shundan kelib chiqib, O‘zPFL yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish oldidan mazkur masalani birinchi planga olib chiqadi. Tegishli masala bo‘yicha tasdiqlangan buxgalteriya hisob-kitobi taqdim etilgandan so‘ng ro‘yxatdan o‘tkazish davrida yangi operasiyalarni amalga oshirish uchun ruxsat etiladi.

Bunda yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish yoki o‘tkaza olmaslik masalasi klublarning o‘z qo‘lida ekanligini to‘g‘ri talqin qilish lozim. Agar jamoa 15 iyulga qadar mavjud qarzdorlikni to‘liq bartaraf etmasa, klub yangi operasiyani amalga oshira olmaydi. Bu borada O‘zPFL hech qanday kafolat xatlarini qabul qilmaydi. Agar klub mavjud jamoalari, ishchi-xodimlari bilan hisob-kitobni belgilangan tartibda amalga oshirayotgan bo‘lsa va to‘lovning kechikish davri faqatgina iyun oyi bilan bog‘liq bo‘lsa, buxgalteriya tahlilidan kelib chiqib, mazkur klublarga istisno tariqasida ro‘yxatdan o‘tkazish davrida harakatlanishga ruxsat berilishi mumkin. Qolgan barcha holatlarda futbol klublari o‘z tizimidagi ishchi-xodimlar hamda boshqa klublar oldidagi majburiyatlarini bajargan bo‘lishlari talab etiladi.   

Mazkur masala yuzasidan O‘zPFL Futbolchilar uyushmasini ham xabardor qiladi hamda futbolchilar yangi klub bilan shartnoma imzolash oldidan mazkur klub haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishlari masalasini ilgari suradi.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 10:55, 15.06.2022.
O'qildi: 3058 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.