Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna 2-2 Malyorka
07/03 19:00 Kalyari 1-2 Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

Bakiroo blogi: «Bilet qimmat bo‘lishi kerak»

Bakiroo blogi: «Bilet qimmat bo‘lishi kerak»

Baho:
+ | -

Tarmoqlarda U-23 O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni final o‘yiniga bilet masalasi Konstitusiya muhokamasini ortda qoldirib ketdi. Tarmoqlardagi shovqin qoidasi doim shunday ishlaydi, uni pasaytirishga urinish shart emas, bir shovqinni boshqa yanada balandroq shovqin bosib ketishi mumkin xolos.

Bilet masalasiga qaytsak. Asosiy norozilik adashmasam, bilet qimmatligi va olib-sotarlar bilan bog‘liq. Tvitterda Behzod Hoshimov shunday yozdi: "Bilet qimmatlashishiga imkon beringlar".

Diqqat markazidagi top sport tadbirlarida eng asosiy muammo shu. U superog‘ir vaznlilar o‘rtasidagi Boks kechasimi yo Jahon chempionati finalimi yoki chempionlar ligasi finali. Yillar davomidagi xatolar va tajribalar bunday tadbirlar uchun tashkilotchilarga yagona dars bergan:

"Bilet qimmat bo‘lishi kerak".

Chunki taklif haddan ziyod chegaralangan, talab esa haddan ziyod yuqori. Imkoniyati cheklangan va mehmonlar uchun mingta bilet zaxiralangan taqdirda ham, tashkilotchilar qolgan 29 ming biletni sotishdan maksimal foyda ko‘rishi zarur. Bu yo‘lda ularning eng katta dushmani olib-sotarlar, eng yaqin ittifoqchisi esa narx. Shu bilan birga olib sotarlarga qarshi ma’muriy yo‘l bilan kurashish kerak emas. Chunki ular ayni vaqtda narx bo‘yicha signalchi ham, ham talabni yanada oshiruvchi promouter bo‘lib xizmat qilishadi.

Best practice modellarida lot va narx porsiyalarga bo‘lib sotishdan auksionlargacha bo‘lgan variantlar mavjud. Lekin ularni bitta sterjen ushlab turadi: biletlar talab yuqoriligiga muvofiq qimmat narxlarda va imkon qadar inson omilini chetga chiqargan holdagi onlayn tarzda sotilishi kerak.

P.S. Iltimos so‘kmanglar, bu futbol muxlisi o‘laroq emas, iqtisodiy hodisa kuzatuvchisi sifatidagi fikrlar.

Kiritildi: 11:40, 18.06.2022.
O'qildi: 2891 marta.
Fikrlar: 20 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.