Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

“Millionlar o‘yini”ning javohirlari yohud top-klublar transfer siyosatidagi qimmatbaho xatolar

“Millionlar o‘yini”ning javohirlari yohud top-klublar transfer siyosatidagi qimmatbaho xatolar

Baho:
+ | -1

Futbol olamidagi transferlarda gol yoki g‘alaba soni emas, balki shartnoma muvaffaqiyati yoki muvaffaqiyatsizligi juda shartli tushuncha bo‘lib, natijalar faqat qisman raqamlar bilan baholanishi mumkin. Top-klublarning transfer siyosati ikki xil maqsadga yo‘naltirilgan: jamoada o‘yin saviyasini oshirish va marketing. Ushbu maqolada dunyoning eng kuchli klublari ishtirokida 50 million yevrodan ziyod mablag‘ga amalga oshirilgan transferlarning muvaffaqqiyati yoki muvaffaqqiyatsizligi haqida so‘z yuritamiz.

Bunda 222 millionlik futbolchi ham 50 millionlik o‘yinchi bilan bir xil parametrlar bo‘yicha baholanadi. Buning uchun 2 ta savolga javob topish talab etiladi.

1. Futbolchi mayonda qancha vaqt o‘tkazgan va jamoaga moslasha oldimi?
2. Yangi jamoada futbolchi o‘sishga erishdimi?

Birinchisida barcha narsa oddiy: taxminimizcha, qiymati 50 million yevrodan ortiq bo‘lgan o‘yinchilar, mumkin bo‘lgan maksimal daqiqalarning kamida 40 foizini maydonda o‘tkazishi kerak.

Ikkinchisi ancha qiyinroq. Chunki jamoada har bir futbolchining o‘z vazifasi bo‘ladi: gol urish, hujumlar tashkil etish, raqib hujumlarini kutib olish va hokazo.

“Transfermarkt” portalida belgilangan narxlar shunchaki, jamoalarning natijalari va futbolchilarning o‘yin uslubini solishtirish orqali belgilanadi. Amalda esa, oldi-sotdi jarayonida ushbu summalar qog‘ozdagina qolib ketadi.

O‘yinchi yangi klubda yaxshilanganmi yoki yo‘qligini tushunish uchun transferdan keyingi to‘rt yillik davrni baholash nisbatan adolatli bo‘ladi. Chunki har qanday yulduz, ushbu vaqt davomida har qanday klubga moslashib keta oladi. Agar futbolchi to‘rt yil o‘ynamagan bo‘lsa, unda qisqaroq davrni baholash talab etiladi. Biroq ayrim futbolchilar, yildan-yilga avvalgi o‘yinlarini yo‘qotib bormoqda. Misol uchun, Kavani so‘nggi 7 yil ichida sezilarli darajada arzonlashgan va “PSJ”ni tark etdi, ammo uning sotib olinishi muvaffaqiyasiz bo‘ldi, deb aytish mumkinmi? Parijdagi dastlabki to‘rt yillikda u juda kuchli o‘yin ko‘rsatgan.

“Transfermarkt” bazasi ko‘ngillilar tomonidan yaratilganligi sababli, inson omili hisobga olinishi kerak. 27 yoshgacha bo‘lgan o‘yinchilar narxining 10 foizga o‘zgarishiga e’tibor bermaymiz. Katta yoshli o‘yinchilar uchun (27 yoshdan oshgan) formulaga har bir yil uchun qiymatning 10 foizga ruxsat etilgan pasayishini kiritamiz va biz foizlarni jamlaymiz. Misol uchun, agar o‘yinchi 100 million yevroga baholangan va 27 yoshida biror joyga ko‘chib o‘tgan bo‘lsa, 31 yoshga kelib uning taxminiy qiymati 60 millionga tushishi mumkin (10x4 yil) va bu futbolchi uchun regressiya hisoblanmaydi. Gap nima haqida ketayotganini aniq misollar bilan tushuntiramiz.

Shunday qilib, ikkita parametrni baholaymiz: “TM” narxlarining dinamikasi va o‘yin vaqtining foizi. Shunday qilib, biz noto‘g‘ri baholash ehtimolini kamaytiramiz. Ya’ni o‘yinchining narxi sezilarli darajada tushib ketgan bo‘lsa, lekin shu bilan birga tez-tez maydonga tushsa, transferni 100 foiz muvaffaqiyasiz deb hisoblash qiyin.

Keling, buni har bir top-klub misolida ko‘rib chiqaylik (“Inter”, “Milan”, “Napoli”, “Tottenxem” 50 million yevroga yetarli transferlarni ko‘p amalga oshirmagan).

Esda tutingki, har bir transferga aniq baho berish (muvaffaqiyatsiz yoki muvaffaqiyatli) mumkin emas. Misollar ko‘pgina hollarda u yoki bu yo‘nalishda noto‘g‘ri bo‘ladi.

“Manchester Siti”

De Bryuyne, Diash, Kanselu, Lyaport, Sterling va Bernarduga savollar yo‘q. Ular har ikki parametr jihatdan o‘sishga erishgan.

Biroq Jek Grilishning o‘tgan mavsumda 117 mln. yevroga xarid qilingani kulguli tuyuladi. Premyer-ligadagi mumkin bo‘lgan o‘yin daqiqalarining 56 foizi bunday bahoga ega futbolchi uchun yetarli emas. Garchi bu muvaffaqiyatsizlik bo‘lmasa-da, muvaffaqiyat sifatida ham baholanmaydi.

Mahrez, Uoker va Rodri (hozircha) haligacha superyulduz maqomiga ega bo‘lishmagan. Biroq kuchli transferlar “Siti”ga zarar keltirmagan.

“Shaharliklar” amalga oshirgan yirik summali 13 ta transferdan faqat bittasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Axir Benjamin Mendi uchun 57,5 million yevro berilganida, uning qamoqqa tushishi kutilmagandi.

“Liverpul”

“Liverpul”ning atigi 3 ta transferi 50 million yevrodan oshib ketdi! Hatto Saloh ham 42 millionga olingan.

Van Deyk (84,5 million yevro) xaridi o‘n yillikning eng yaxshi bitimlaridan biri hisoblanadi. E’tibor bering, himoyachi butun mavsumni o‘tkazib yuborgan bo‘lsa-da, “Liverpul”da mumkin bo‘lgan daqiqalarning 76 foizini maydonda o‘tkazdi.

Alisson (62,5 million yevro) esa dunyoning eng yaxshi darvozabonlaridan biri. Shuningdek, Nabi Keytaning transferini ham (60 million yevro) unchalik muvaffaqiyasiz deb bo‘lmaydi. “Liverpul”dagi faoliyatining boshlanishi jarohatlar tufayli omadsiz bo‘lib chiqdi. Gvineyalik futbolchining transfer narxi pasaygan bo‘lsa-da, muvaffaqiyat va taraqqiyotning eng yaxshi belgisi bu Kloppning yangi shartnoma taklifidir.

“Chelsi”

“Chelsi”ning qimmat 9 o‘yinchisidan 6 nafari 50 million yevro yoki undan ko‘p pulga shartnoma imzolagan. Ularning barchasi turli sabablarga ko‘ra o‘yinlarni o‘tkazib yuborgan. Pulishich (64 million yevro) juda beqaror, bundan tashqari, futbolchining otasi va Tomas Tuxel o‘rtasidagi OAVdagi otishma xavotir uyg‘otadi. Timo Verner (53 million yevro) “Chelsi” uchun “memlar qiroli”. Romelu Lukakuga (117 million yevro) esa APLga qaytish yoqmadi, u uchun joriy mavsumni yo‘qotilgan vaqt, deb hisoblash mumkin. Kepa esa asosiydagi o‘rnini juda tez yo‘qotdi.

Lekin Kay Haversning (80 million yevro) istiqboli Keytganikiga o‘xshash. U “Siti”ga qarshi kechgan Chempionlar ligasi finalida g‘alaba golini urdi va umuman olganda, “Chelsi” hujumida boshqalarga qaraganda yorqinroq porladi.

9 ta transferdan 2 tasi muvaffaqiyatli bo‘ldi. Jorjinyo (57 million yevro) ba’zida tanqidga uchradi, lekin “Chelsi” uchun muhim o‘yinchi maqomini saqlab qoldi va hatto “Oltin to‘p” uchun da’vogarlar qatorida edi, Ben Chiluell (50,2 million yevro) esa o‘tgan mavsumda juda zo‘r o‘ynadi, lekin jarohat sabab deyarli 8 oy maydonda harakat qilmadi.

“Manchester Yunayted”

“Qizil iblislar”da to‘qqizta transferdan uchtasi foydaga ishladi. Pol Pogba (105 million yevro) jamoaga qaytganidan keyingi dastlabki yillarda “MYU”ning asosiy umidi edi, dastlabki to‘rt yilda uning narxi o‘sib bordi, keyin esa pasayishni boshladi. “Zaharli” munosabatlar har doim uzoq muddatli muammolarni keltirib chiqaradi. Pogba “Manchester Yunayted” boshqaruvidan nafratlanishi aniq, ammo u faoliyatidagi eng yaxshi yillarini aynan shu yerda o‘tkazgan bo‘lsa kerak. Uning 2018 yilgi darajasiga qaytishi aniq emas.

Romelu Lukaku (84,7 million yevro) Mourinyo davrida porlagan, Bruno Fernandesh (63 million yevro) esa bugun jamoaning eng muhim futbolchisi (“Manchester Yunayted”ning o‘n yillikdagi eng yaxshi transfer).

Qolgan transferlar to‘liq muvaffaqiyatli emas, Xarri Maguayr zamonamizning eng zo‘r himoyachisi emas, lekin eng qimmati. U har doim ham o‘ziga munosib bo‘lgan narsaga erisha olmaydi, u faqat zamonaviy “Manchester Yunayted”ning tizimli muammolarini ko‘rsatib beradi. Sancho (85 million yevro) mavsumni boy berdi. Marsyal (60 million yevro) “Monako”dan ko‘chib o‘tganidan keyin Premyer-ligada adashib qolmadi, lekin u ham jamoani yangi bosqichga olib chiqa olmadi. Uan-Bissaka (55 million yevro) ko‘p imkoniyatlarga ega bo‘ldi, lekin bu mavsumda u qadar yorqin taassurot qoldirmadi.

“Real Madrid”

“Real Madrid” bizning ro‘yxatimizda birinchi o‘rinda. Ikkita transfer umuman foydasiz bo‘ldi. Madriddagi Eden Azar (115 million yevro) o‘zining eng yomon nusxasiga aylandi (birinchi navbatda jarohatlar va rejimning o‘ziga xos xususiyatlari tufayli), Luka Yovich (63 million yevro) esa Benzemaning soyasidan mustahkam joy oldi. Biroq serbning sog‘lig‘ida doimiy muammolar (hatto tishlari tufayli) xalaqit bermoqda.

Beylning Madriddagi dastlabki mavsumlarida golf haqida kam odam hazillashardi va u Chempionlar ligasidagi eng ajoyib lahzalarni, jumladan, 2014 yilgi “Atletiko Madrid”ga qarshi o‘yindagi 110-daqiqada gol urgani va 2018 yilgi finalda “Liverpul” posbonini qanday dog‘da qoldirganini yaxshi bilasiz.

Xames umuman umidlarni oqlay olmadi va 30 yoshida Qatarga jo‘nab ketdi, lekin aynan “Real Madrid”da yulduzga aylandi. Bir oz vaqt to‘p tepgach, ijaraga berib yuborildi.

Eder Militao o‘tgan mavsum o‘rtasidan beri asosiy tarkibda va ushbu mavsumni yuqori saviyada o‘tkazdi.

“Barselona”

Kataloniyaliklarning sakkizta transferidan ikkitasi muvaffaqiyatsiz amalga oshirildi – Koutinyo (dastlabki mavsumni hisobga olmasak) va Miralem Pyanich shunchaki g‘oyib bo‘ldi.

Ikkita shubhali transfer – Grizmann o‘zining yorqinligini yo‘qotdi, Frenki de Yong Buskets kabi muvaffaqqiyatli o‘yin ko‘rsata olmadi, garchi u o‘yin vaqtini olgan bo‘lsa ham. Dembeleda esa, ushbu mavsumda o‘sish kuzutildi.

Sakkizta transferdan uchtasi muvaffaqiyatli bo‘lgan – Neymar, Suares va Ferran Torres (nisbatan).

“Bavariya”

“Bavariya” bor-yo‘g‘i ikki marta 50 milliondan ortiq transferni amalga oshirdi – Lyuk Ernandes va Leroy Sane. Ikkala o‘yinchi ham o‘z qadrini yo‘qotdi, ammo bu unchalik ahamiyatli emas. Myunxenda har ikkisiga ham ishonishadi.

“Yuventus”

“Zebralar” amalga oshirgan katta summali beshta transferdan bittasi aniq muvaffaqqiyatsiz – Artur har mavsumda kamida bir oy maydonga tushmaydi.

Vlahovichning transferini baholashga hali erta, “Yuventus”ga hozir De Ligtning ishonchli o‘yini ko‘proq kerak.

Iguain va Ronaldu jamoaga mahalliy sovrinlarni olishga yordam berishdi. Biroq... Ronalduning narxi keskin pasayishda davom etdi.

Bu holatda top-klublarning muvaffaqiyatli transferlari foizini solishtirish ma’nosiz. O‘yinchilar uchun turli vaqtlarda har xil pul to‘langan. Faqatgina “Man Siti” va “PSJ”dagi o‘yinchilar o‘zlariga sarflangan pullarni nisbatan oqlashgan. Qolgan klublarda esa muvaffaqqiyatsiz faoliyat yuritgan qimmatbaholar soni ko‘proq.

Manba: www.sports.ru
Kiritildi: 16:38, 20.06.2022.
O'qildi: 6034 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.