Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Nyukasl" yana bir futbolchidan rad javobni oldi

"Nyukasl" yana bir futbolchidan rad javobni oldi

Baho:
+ | -

"Reyms" hujumchisi Ugo Ekitikening "Nyukasl"ga o‘tishi amalga oshmadi. Jurnalist Adriyen Grenyening ma’lumotlariga ko‘ra, fransiyalik futbolchi "Nyukasl" tarkibiga o‘tmaydi, chunki uni Eddi Xau jamoasida o‘ynash istiqboli qoniqtirmaydi.

Endi yosh iqtidorni o‘z safiga qo‘shib olish uchun Fransiyaning "PSJ" jamoasi favoritga aylandi. Parij klubi Mauro Ikardi o‘rniga futbolchi sotib olmoqchi, chunki, Ikadi yozda jamoani tark etishi kutilyapti.

Eslatib o‘tamiz, "Real" ham Ekitikega da’vo qilgandi, ammo "qaymoqranglilar" futbolchiga hali jiddiy qiziqish bildirishmagan. Ekitike o‘tgan mavsumda Fransiya chempionatida 10 ta gol urdi.

Kiritildi: 15:37, 23.06.2022.
O'qildi: 976 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик