Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/06 01:00 Germaniya 2-1 Kot-d'Ivuar
21/06 05:00 Ekvador 0-0 Kyurasao
21/06 09:00 Tunis 0-4 Yaponiya
21/06 21:00 Ispaniya 4-0 Saudiya Arabistoni
21/06 23:59 Belgiya 0-0 Eron
22/06 03:00 Urugvay 2-2 Kabo-Verde
22/06 06:00 Yangi Zelandiya 1-3 Misr
22/06 22:00 Argentina - Avstriya
23/06 02:00 Fransiya - Iroq
23/06 05:00 Norvegiya - Senegal
23/06 08:00 Iordaniya - Jazoir
23/06 22:00 Portugaliya - O‘zbekiston

«Mundialning eng yoqimtoy futbolchisi». Fayzullayev Kolumbiya ijtimoiy tarmoqlarida yulduzga aylandi

«Mundialning eng yoqimtoy futbolchisi». Fayzullayev Kolumbiya ijtimoiy tarmoqlarida yulduzga aylandi

Baho:
+-1 | -

O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev JCH-2026dagi tarixiy o‘yindan keyin Kolumbiya ijtimoiy tarmoqlarida katta mashhurlikka erishdi.

O‘zbekiston terma jamoasi Kolumbiyaga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘lganiga qaramay, 22 yoshli vinger lotinamerikalik muxlislar e’tiborini o‘ziga jalb qildi. Fayzullayevning ismi X va Instagram ijtimoiy tarmoqlarida trendga aylandi.

Kolumbiyalik foydalanuvchilar, ayniqsa qizlar futbolchining tashqi ko‘rinishini yuqori baholab, uni «Mundialning eng yoqimtoy futbolchisi» deb atashmoqda. Shuningdek, muxlislar Fayzullayevni Kolumbiya terma jamoasining asosiy futbolchilaridan biri hisoblangan «Benfika» yarim himoyachisi Richard Rios bilan taqqoslashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasining jahon chempionatlari tarixidagi ilk uchrashuvida Abbosbek Fayzullayev mamlakatimiz futbol tarixidagi birinchi mundial goliga mualliflik qildi.

Mexikodagi «Asteka» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsning 60-daqiqasida jamoa sardori Eldor Shomurodov xavfli zarba yo‘lladi. Kolumbiya darvozaboni Kamilo Vargas to‘pni qaytargan bo‘lsa-da, u uzoq ustun tomonga yo‘naldi. Vaziriyatni kuzatib turgan Fayzullayev esa boshi bilan to‘pni darvoza to‘riga yo‘llab, tarixiy golni urdi.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 03:47, 20.06.2026.
O'qildi: 25499 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик