Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Elshod Rasulov: "Qozog‘istondagi turnir qizlarimiz uchun katta tajriba maktabi bo‘ladi"

Elshod Rasulov: "Qozog‘istondagi turnir qizlarimiz uchun katta tajriba maktabi bo‘ladi"

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Shu kunlarda Qozog‘istonda boks bo‘yicha xalqaro "Elorda Kubogi" musobaqasi o‘tkazilmoqda. Bahslarda O‘zbekiston ayollar terma jamoasi a’zolari ham qatnashishmoqda.

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi Elshod Rasulov musobaqadagi ishtirok, raqiblar va turnir haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Ayni paytda xalqaro turnirda ishtirok etish qizlarimiz uchun juda zarur edi. Chunki, formani ushlab turish va tajriba oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli ham Qozog‘istondagi xalqaro turnirda ishtirok etmoqdamiz.

Ushbu turnirda Xitoy terma jamoasi qatnashmoqda. Shuningdek, Hindiston vakilalari ikkita tarkib bilan, mezbon Qozog‘iston esa 4 ta tarkib bilan ishtirok etmoqda. Qolaversa, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston va O‘zbekiston terma jamoalari g‘oliblik uchun kurash olib boradilar.

Qur’a natijasiga ko‘ra qizlarimiz dastlabki bosqichlarda asosan qozog‘istonlik raqibalarga to‘qnash kelishadi. Yaxshi bilasiz, Hindiston va Xitoy terma jamoalari nafaqat Osiyo, balki jahon miqyosida ham ayollar boksida yetakchi hisoblanadi. Mezbon Qozog‘iston ham Osiyoda o‘z o‘rniga ega. Yuqorida sanab o‘tilgan uchta mamlakat va O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari o‘rtasida qizg‘in janglar bo‘lishi kutilmoqda.

Yana bir qo‘shimcha ma’lumot: Xitoy terma jamoasi musobaqaga asosiy tarkibi bilan kelgan. Hindiston ham 1 va 2-raqamli bokschilari bilan qatnashyapti. Ushbu musobaqa O‘zbekiston ayollar terma jamoasi uchun katta tajriba maktabi bo‘lishi shubhasiz", - dedi Elshod Rasulov O‘zbekiston boks federasiyasi matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

Manba: Ўзбекистон бокс федерацияси матбуот хизмати
Kiritildi: 19:47, 30.06.2022.
O'qildi: 1292 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.