Hujumchi Diogo Jota yana "Liverpul" kasalxonasiga tushdi. Bu haqda bosh murabbiy Yurgen Klopp gapirdi.
“Diogoga omad yetishmayapti. U o‘tgan mavsum oxirida jarohat olgandi. Kecha u to‘liq mashq qildi va yana jarohat oldi. Bu yaxshi emas.
Bugun ertalab Jota tekshiruvdan o‘tdi, biz natijalarni kutishimiz va ko‘rishimiz kerak”, - deya Kloppning so‘zlarini keltiradi Goal.com.