Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Og‘ir atletika: Parij Olimpiadasiga yo‘l Toshkentdan boshlanadi

Og‘ir atletika: Parij Olimpiadasiga yo‘l Toshkentdan boshlanadi

Baho:
+ | -

Toshkentda o‘tkazilgan Osiyo og‘ir atletika federasiyasi (AWF)ning navbatdagi Kongressida Parij-2024 Olimpiadasiga yo‘llanmalar o‘ynaladigan 2024 yilgi kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati mezbonligini O‘zbekiston qo‘lga kiritdi.

Xabaringiz bor, shu yilning 15-25 iyul kunlari Toshkentda og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati o‘tkaziladi. Bugun poytaxtimizda ushbu musobaqa doirasida Osiyo og‘ir atletika federasiyasining navbatdagi Kongressi o‘tkazildi.

«O‘zbekiston» mehmonxonasida bo‘lib o‘tgan Kongressning ikkinchi qismida Xalqaro og‘ir atletika federasiyasi prezidenti Muhammad Hasan Jalud, Osiyo og‘ir atletika federasiyasi (OOAF) prezidenti Al-Mana Muhammad Yusuf, Sportni rivojlantirish vaziri o‘rinbosari, OOAF vise-prezidenti Shaxrullo Mahmudov, shuningdek OOAFning ijroiya qo‘mitasi a’zolari va OAV vakillari ishtirok etishdi.

Kongress kun tartibidan o‘rin olgan eng muhim masalalardan biri – Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmalar taqdim etadigan 2024 yilgi qit’a chempionati mezboni nomini qo‘lga kiritish uchun uchta davlat – Hindiston, Turkmaniston va O‘zbekiston kurash olib bordi. Ovoz berish jarayoni yakunlariga ko‘ra, OOAF ijroqo‘m a’zolari ushbu muhim musobaqa mezbonligini yurtimizga ishonib topshirdi. Demak, Parij-2024 Olimpiadasi sari yo‘l Toshkentdan boshlanadi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Aynan shu musobaqa orqali to‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasi - Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmalarni qo‘lga kiritgan barcha atletlari nomi aniqlab olinadi.

Bu albatta yuksak sharaf, shu bilan bir qatorda mamlakatimizda muhtaram Prezidentimiz boshchiligida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ulkan islohotlarning ijobiy e’tirofidir.

Shuningdek, Kongressda OOAFning hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkaziladigan manzil nomi ham e’lon qilindi. Unga ko‘ra, Qatarning Doha shahri nufuzli anjumanga mezbonlik qiladigan bo‘ldi.

Ma’lumot uchun: o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bahslarida qit’amizning 22ta davlatidan (hakamlar bilan qo‘shib hisoblaganda 31ta davlat) 400 nafardan ortiq sportchi ishtirok etadi. Musobaqaning tantanali ochilish marosimi ertaga, 17 iyul kuni «Yunusobod» sport majmuasida soat 16:00da bo‘lib o‘tadi.

Manba: minsport.uz
Kiritildi: 20:52, 16.07.2022.
O'qildi: 1477 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.