Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Diyor Imomxo‘jayev «Surxon» futbol klubi bilan bog‘liq masalaga oydinlik kiritdi

Diyor Imomxo‘jayev «Surxon» futbol klubi bilan bog‘liq masalaga oydinlik kiritdi

Baho:
+ | -

«Surxon» futbol klubi bilan bog‘liq masala va jamoa hozirda nimalarda qiynalayotganini tushuntirib berishga harakat qilamiz.

Birinchi muammo. Ayni vaqtda klubni moliyalashtirayotgan tomon klubning to‘liq egasiga aylanib ulgurmagan. Buning uchun Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilinishi kerak. Taklif sifatida «Surxon» professional futbol klubi ustav fondidagi davlat ulushini Prezidentning PF–5887-son Farmoni asosida yangi mulkdorga bepul o‘tkazib berish berilgan. Loyihada Surxondaryo viloyati hokimligi «Surxon» klubining o‘tgan davrdagi faoliyati yuzasidan tezkor mustaqil audit tekshiruvi o‘tkazib, klubning kreditor qarzdorligini aniqlashi va 2022 yilning 1 avgustiga qadar mazkur qarzdorlikni bartaraf etilishini ta’minlashi va bir oy muddatda klub ustav fondidagi davlat ulushini belgilangan tartibda yangi mulkdorga topshirishi ko‘rsatilgan. Qaror loyihasi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi hamda «Surxon»daryo viloyati hokimligi bilan kelishilgan va shu yilning 10 iyun kuni Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun kiritilgan. Huquqiy ekspertiza qaror loyihasi bandlariga e’tiroz bildirilib, taqdim etilgan tahrirda qabul qilinishini maqsadga muvofiq emas deb topgan.

Bizdagi ma’lumotga ko‘ra, «Surxon»ning 2021 yil yakuniga ko‘ra futbolchi va ishchi-xodimlardan taxminan 1,7 mlrd so‘m qarzdorligi mavjud. Shuningdek, klub turli korxona va tashkilotlardan may oyi holatiga ko‘ra 710 mln so‘m qarzdor. Endilikda yuqoridagi qaror loyihasi Adliya vazirligiga qayta kiritilmoqda. Demak, oldin vazirlik ijobiy xulosa berishi va shundan keyingina u Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi kerak. Bu esa vaqt talab etadi.

Ikkinchi muammo. «Surxon» uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan «Surxon» arena Surxondaryo viloyati o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi balansida turibdi. «Surxon» klubini ayni vaqtda moliyalashtirayotgan tomon stadionga investisiya kiritish va uni reglament talab etayotgan darajaga yetkazishga tayyor. Ammo buning uchun Sportni rivojlantirish vazirligining ruxsati bilan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida uzoq muddatli bitim imzolanishi maqsadga muvofiq. Afsuski, bu kabi masalalarda oqsash bor. Oddiy misol, «Turon» futbol klubi ham xuddi shunday holatda stadionga bir necha o‘n milliard investisiya kiritdi. Afsuski, hujjat masalasi haligacha hal bo‘lgan emas.

Shunga qaramay, klubni bugungi kunda moliyalashtirayotgan tomon stadion projektorlarini yaxshilash uchun texnikani olib keldi va ayni vaqtda mazkur texnikani bojxonadan rasmiylashtirish ishlari amalga oshmoqda. Shundan kelib chiqilsa, avgust oyi davomida projektorlar talab qilinayotgan minimal ko‘rsatkichga kelishi mumkin. O‘tgan hafta biz klub investorlari bilan «Surxon» arenada bo‘ldik hamda amalga oshishi kerak bo‘lgan boshqa ishlar masalasida fikr almashdik. Ayni vaqtda investorlar yil yakuniga qadar VVIP, VIP, CIP sektorlarni yangilash, media tribuna tashkil etish, ayrim sektorlardagi o‘rindiqlarni yangilariga almashtirish, kiyim almashtirish xonalari va boshqa sharoitlarni yaxshilashga tayyor. Shuningdek, «Surxon» uchun stadionga yondosh hududda zamonaviy baza qurish rejasi ham bor. 2023 yilga qadar stadion maysasi hamda sug‘orish tizimini yangilashga ulgurish mumkin.

Bugunga kelib «Surxon» xorijlik va mahalliy yangi futbolchilar bilan shartnoma imzolayapti. Ammo ular ro‘yxatdan o‘tishi uchun eski qarzlar yopilishni boshlashi kerak. Yangi rahbariyat klubga investisiya kiritish va uning moddiy-texnik bazasini yaxshilashga tayyor. Eski rahbariyatdan qolib kelayotgan qarzdorlik va klubning yangilarga o‘tishi masalasi esa o‘rtada osilib turibdi. Hammasi tezroq hal bo‘lishi uchun faqatgina O‘zPFLning yuguraverishi kamlik qiladi.

Diyor Imomxo‘jayev.

Manba: https://t.me/diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 12:19, 18.07.2022.
O'qildi: 3007 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.