Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Qirol Fahd qo‘ng‘irog‘i va mo‘’jizaviy gol

Qirol Fahd qo‘ng‘irog‘i va mo‘’jizaviy gol

Baho:
+ | -

JCH-94 va Saudiya Arabistoni termasining undagi ishtiroki haqida so‘z ochilsa, katta yoshli muxlislar darhol Said al Ovayranni eslashadi

 Aslida Saudiya futboli yulduzi Yevropada umuman o‘ynamagan, u butun faoliyatini mahalliy «Al-SHabab»ga bag‘ishlagan. Qolaversa, Ovayran hattoki, o‘z mamlakatida ham eng yaxshi 30 nafar to‘purar qatorida emas, boz ustiga, «sahro burgutlari» bilan qandaydir sovrin yutmagan. Shunga qaramay, ko‘pchilik Saidni JCH tarixidagi eng mashhur saud va arab sifatida ta’riflaydi. Uning o‘zi ham shu fikr­da va bu borada haqdir balki. Ehtimol, Said ay-nan o‘ziga katta ishonch tufayli mundial hisobidan 3-o‘yinining ilk daqiqalarida darajasi ancha baland raqib futbolchilarini birin-ketin dog‘da qoldirish as-nosida mo‘’jizaviy gol urgandir. U AQSH mundia­lida naq 5 nafar raqibini aldab o‘tib, butun turnir tarixidagi eng chiroyli gollardan biriga mualliflik qilgandi.

*** 

Said al Ovayranning aytishicha, o‘sha mo‘’jiza misoli golida Saudiya Arabistoni qirolining hissasi ham bor. Ya’ni hujumkor yarim himoyachi qirol qo‘ng‘irog‘idan ilhomlanib, maydonda shedevr yaratgan. «Belgiya termasi darvozasiga urilgan gol faoliyatimni qutqarib qoldi, - deydi al Ovayran xalqaro faoliyatidagi qiyin davrni eslab. - 1993 yili milliy jamoa safida hammadan ko‘p gol urgandim. Jumladan, JCH-94 saralash bosqichida jamoamizning eng yaxshi to‘purariga aylandim. O‘shanda Majid Abdulla eng katta yulduzimiz - asosiy hujumchimiz sanalardi, lekin JCH-94 oldidan rasmiy va o‘rtoqlik o‘yinlarida 18ta gol urganim hammasini o‘zgartirib yuborgandi». Al Ovayran 1992 yili milliy jamoadagi dastlabki 10ta o‘yi­nida atigi 4ta gol uradi. Keyingi yili esa uning iste’dodi chinakamiga ko‘zga tashlanadi: Qatar, Iroq, Tai­land va Xitoy termalari darvozasiga urgan gollari obro‘sini keskin oshiradi. Umuman, Said AQSH-94 mundiali yo‘lida, ya’ni saralash bahslarida o‘z hisobiga 7ta gol yozib qo‘yadi. 1993 yili Saudiya termasi raqiblarini jami 15 marta ranjitgani ham Osiyoda yangi yulduz porlayotganidan dalolat edi. Said shuning barobarida jonajon klubi - «Al-SHabab»da ham muntazam gol urishga odatlanadi. O‘sha vaqt Saudiya milliy jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar, Osiyo kubogining ikki karra g‘olibi Majid Abdulla 34 yoshni urib qo‘ygan, qolaversa, jarohatlar tufayli saralash o‘yinlarida qatnasholmagandi. Sami al Jaber esa hali ancha yosh bo‘lib, endi-endi ravon yo‘lga chiqayotgandi. Xullas, saudiyaliklar AQSH mundiali uchun tarkibning hujum bo‘g‘inini to‘ldirish masalasida real muammoga duch kelishgan va muxlislarda al Ovayran, Fahad al Mahallal va Fahad al Harifiy kabi yarim himoyachilarga umid bog‘lashdan o‘zga chora qolmagandi. «O‘sha mundialda sof hujumchi rolini bajarmagan bo‘lsam-da, gol urish borasidagi barcha bosim mening zimmamga tushgandi, - deydi al Ovayran. - Birinchi o‘yin Niderlandiya termasiga qarshi kechdi va ancha tetik o‘ynaganimizga qaramay, yakunda yutqazdik. Uchrashuvda gol urolmaganim ham bosim darajasini oshirdi. Marokashliklar bilan bo‘lgan ikkinchi o‘yinda ham bor kuchimizni ishga soldik va g‘alaba qozondik, ammo maydondan yana golsiz chiqib ketdim. Menda 1tagina imkoniyat yuzaga keldi, lekin zarbamga darvoza to‘sini g‘ov bo‘ldi. Agar o‘sha zarba gol bilan tugaganida, u Belgiya termasi darvozasiga urilganidan ham chiroyli chiqardi, shubhasiz. Ammo omad yuz o‘girdi. Keyin marhum qirol Fahd ibn Abdulaziz al Saud janoblarining shaxsan o‘zi menga qo‘ng‘iroq qildi va ko‘nglimni ko‘tardi: «Chiroyli futbol ko‘rsatganlarni Allohning o‘zi panohida asrasin. Keyingi o‘yinda gol urishingga ishonaman». Shahzodalar - Sulton bin Fahd va Faysal bin Fahd ham belgiyaliklar bilan bahsda o‘zimni ko‘rsatishimga ishonch bildirib, alohida ruhlantirishdi».

*** 

3-tur o‘yini boshlanishi bilan Belgiya futbolining bosh yulduzlaridan biri Enso Shifo maydonning saudiyaliklarga tegishli tomonida xatoga yo‘l qo‘yadi. To‘p Shifoning shundoq oyoqlari ostidan o‘tib, chap qanot himoyachisi Muhammad Abdulloh al Javodga keladi, u esa o‘ylab o‘tirmay, al Ovayranni oldinga chorlaydi. Atigi ikki jamoadoshi bilan qarshi hujumga o‘tgan qahramonimiz esa, markazda van der Alst va Dirkni dog‘da qoldirib, olg‘a intiladi. Bu pallada Ovayran bilan oldinga o‘tgan ikki futbolchi qanotlar bo‘ylab «uchadi». Natijada raqiblar chalg‘ishadi va Said o‘z yo‘lida de Volf va Rudi ta’qibidan ham osongina qutuladi. Yakunda al Ovayran oldida bitta vazifa qolgandi - Mishel Pryudomm darvozasiga aniq zarba yo‘llash. Saudiyalik yigit bunda o‘ng oyog‘ini ishga soladi va sehrli gol yuzaga keladi. Aytgancha, belgiyalik afsonaviy kiper keyinchalik taqdir taqozosi bilan «Al-SHabab»ni bosh­qaradi, ammo bu vaqtda qahramonimiz butsalarini mixga ilib bo‘lgandi. «Mundial doirasidagi uchrashuvning 5-daqiqasidayoq o‘z davrida mo‘’jizaga qiyoslangan gol mullifiga aylandim - bu Alloh marhamati, ulkan baxt va jamoaviy mehnat samarasi. Hammasini darvozabonimiz Muhammad al Deayya boshlab berdi, hujumni Majid Abdulla va Hamza Idris faollashtirib, o‘z harakatlari bilan menga bo‘sh hudud ochib berishdi. Shu tariqa vatanim va arablar orzusini ro‘yobga chiqardim, o‘zimnikini ham. Qisqasi, ota-onamning duolari ijobat bo‘ldi. Tanaffusdayoq Fahad al Mahallal, Sami al Jaber va Solih al Dovud meni tabriklashga tushishdi, biroq niderlandlarga qarshi o‘yin­da Fuad urgan tezkor gol natija bermaganini eslab, quvonishga shoshilmadim. Yevropaliklar o‘shanda hisobni tenglashtirish bilan cheklanib qolmay, yakunda g‘alabani ilib ketishgandi. Qolaversa, Marokash termasi bilan o‘yinda ham Sami al Jaberning golidan biroz o‘tib, raqib hisobni tenglashtirgandi. Shularni o‘ylab, biroz cho‘chidim, muhimi, Alloh inoyati bilan bu safar ustunlikni oxirigacha saqlab qolishni uddaladik».

Fakt 

Said al Ovayranning tarixiy goli shunchaki, san’at asari emasdi. Saudlar Belgiya termasidan tortib olingan 3 ochko evaziga 1|8 finalga chiqishdi. Bunga qadar Osiyo vakillaridan birgina KXDR termasi (1966 yili) JCH guruh bosqichidan o‘tgandi.

So‘z

- O‘sha vaqt ijtimoiy tarmoqlar mavjud bo‘lganida, kelajagimiz butunlay o‘zgarib ketarmidi...? Pele o‘yinlarini oq-qora tasvirda kuzatganmiz va uning aqlga sig‘mas ishlarini bilamiz. Agar mundial-94 vaqtida ijtimoiy tarmoqlar ishlaganida, bizning iste’dodimiz kengroq auditoriyaga chiqardi. Shunga qaramay, JCH tarixidagi eng mashhur sau­diyalik va arabman. Said al Ovayran.

Ravshan IBROHIM tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:30, 24.07.2022.
O'qildi: 4229 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.