Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari 0-3 Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul
30/12 00:45 Milan - Roma
30/12 22:30 Komo - Lechche

Salom Qatar! JCH mezbonlari haqida nimalarni bilamiz?

Salom Qatar! JCH mezbonlari haqida nimalarni bilamiz?

Baho:
+ | -

Salom Qatar! Jahon chempionatining birinchi ishtirokchisi bilan yaqindan tanishamiz. Birinchi qishki jahon chempionatiga to‘rt oydan kamroq vaqt qoldi. Turnirning barcha ishtirokchilari allaqachon ma’lum bo‘lgan. Quyida Qatar terma jamoasi haqida qisqacha so‘z yuritamiz.

FIFA reytingida 49-o‘rin.
Jahon chempionatida debyut.
“A” guruhi. Raqiblar: Ekvador, Senegal, Gollandiya.

1-tur, 21-noyabr. Qatar - Ekvador 2-tur, 25 noyabr. Qatar - Senegal 3-tur, 29 noyabr. Qatar - Gollandiya

Murabbiy va o‘yin uslubi

Qatarliklarni ispaniyalik murabbiy Feliks Sanches Bas boshqarmoqda. U professional darajada futbol o‘ynamagan, murabbiylik faoliyatini 1996 yilda "Barselona" yoshlari bilan ishlashdan boshlagan.

Feliks Sanches Bas

Bas 2006 yilda Qatarga ko‘chib o‘tdi va u yerda turli yoshdagi jamoalar bilan ishlashda davom etdi. 2006 yildan 2013 yilgacha ispaniyalik Espira akademiyasini (Qatar sportchilarni tayyorlash uchun super akademiya) boshqargan, shundan so‘ng u 19 yoshgacha bo‘lgan Qatar terma jamoasini qabul qilgan va 2017 yilda asta-sekin mamlakatning asosiy jamoasiga yetib kelgan. Demak, u hozirgi jamoaning barcha futbolchilarini deyarli bolaligidan taniydi. Bu Qatar termasining kuchli tomoni. Bas naturalizasiyaga qarshi, u yigitlariga ishonadi.
Qatar terma jamoasining o‘yin sxemasi: 5-3-2.

Qatarning Sloveniyaga qarshi o‘yindagi sxemasi

O‘yin uslubi "Atletiko" va "Barselona"dan andaza olgan gibrid sxema, jamoa to‘psiz qanday o‘ynashni biladi, lekin qisqa paslardan faol foydalanishadi. Qatarliklar o‘yinni 60% dan ortiq to‘pga egalik qilish bilan yakunlashlari odatiy hol emas. Jamoa lateral o‘yinning agressiv uslubi tufayli qarshi hujumlarda ham yaxshi.

Ko‘pincha, bu turdagi pressing tempni ushlab qolish va keyingi qarshi hujum uchun istiqbolli variantlarni keltirib chiqaradi. Pozision hujumlarda qatarliklar uzoq uzatmalardan ko‘ra qisqa paslarni afzal ko‘rishadi. Kataloniya dogmasi: o‘z chizig‘ingga sodiq qol va har doim pas bilan o‘yna - bu nafaqat "Barselona", balki Qatar milliy futbol jamoasiga ham tegishli. Ispaniya ta’siri bir sababga ko‘ra seziladi: Espira akademiyasida Basning o‘quv qo‘llanmalariga ko‘ra tizimli mashg‘ulotlar o‘yinchilarga ushbu o‘yin uslubi uchun zarur bazani, ya’ni to‘pni uzatish va qabul qilish texnikasini berdi.

Jamoa yetakchilari

Qatar terma jamoasi tarkibi butunlay mahalliy liga – QYL (“Qatar Yulduzlar Ligasi”) futbolchilaridan tashkil topgan.

Almoyez Ali - jamoaning asosiy yetakchisi va umidli vakili.

Asli sudanlik bo‘lgan 25 yoshli hujumchi allaqachon qatarliklarning asosiy to‘purari hisoblanadi. Hujumchi Belgiya, Avstriya va hatto Ispaniyada (Segundada) o‘ynagan va 2016 yilda Yulduzlar ligasida “Al-Duhail” safiga qaytgan. Ayni paytda Ali allaqachon Qatarning ikki karra chempioni, Osiyo kubogi sohibi va KONKAKAF Oltin kubogining bronza medali sohibi. Yomon emas, to‘g‘rimi? 2019 yilgi Osiyo Kubogida g‘alaba qozongan Almoyez turnirning eng yaxshi futbolchisi va to‘purari bo‘ldi. Ali 9 ta gol urdi, eng yaqin ta’qibchilari esa 4 tadan ko‘p gol ura olishmadi.

Akram Afif

"Al-Sadd" hujumchisi Yulduzlar ligasida super o‘yin ko‘rsatmoqda va deyarli har bir o‘yinda gol uradi. Almoyez Alidan farqli o‘laroq, Akram terma jamoada chap qanotda yoki pleymeyker pozisiyasida o‘ynashni afzal ko‘radi, shu tufayli u muntazam ravishda Almoyezga assistentlik qiladi. Yuqorida aytib o‘tilgan Osiyo Kubogi - 2019da Akram Afif 10 ta golli uzatmani amalga oshirib, turnirning eng yaxshi assistenti bo‘ldi. Finalda esa hujumchi ikkita golli uzatmadan tashqari gol ham kiritdi. Darvoqe, Akram 25 yoshda, uning yo‘li Almoyez Ali yo‘liga o‘xshash: Ispaniya bo‘ylab sayohat, Belgiyaga safar va Qatarga zafarli qaytish.

Hassan Abdulkarim - "As Sadd"ning chap qanot vakili

Hasan o‘z mamlakati bilan faxrlanadi.

U 12 yil davomida jamoada o‘ynadi. 2018 yilda Osiyo futbolining bosh individual mukofoti bilan taqdirlandi - u Osiyoda yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi! Hasan bu mukofotni qo‘lga kiritgan birinchi qatarlik bo‘ldi (Akram Afif o‘z muvaffaqiyatini 2019 yilda takrorlagan). Qatar futboli uchun bu katta yutuq.

Hasan Al-Xaydos

U jamoa sardori, rekordchi, to‘purar va Qatar terma jamoasining barcha muxlislari uchun ajoyib inson. Faoliyati davomida u terma jamoada 160 dan ortiq o‘yin o‘tkazgan, Hasan o‘yinlar soni bo‘yicha yetakchi va terma jamoaning to‘rtinchi to‘purari hisoblanadi.

Butun futbol hayotini bitta klubda o‘tkazgan ajoyib fidoyi futbolchi - "As Sadd". Bu tizimda u 8 yoshdan beri o‘ynaydi. E’tiborlisi, Hasan allaqachon 31 yoshda. Qatarning 2014 yildagi eng yaxshi futbolchisi, Qatarning ko‘p karra chempioni, 2019 yilgi Osiyo Kubogi ramziy terma jamoasi a’zosi.

Albatta, Osiyo Kubogida g‘alaba qozonish katta yutuq, ammo bu jamoaning haqiqiy saviyasini ko‘rsatadimi? Zero, jahon chempionati terma jamoalarning asosiy turniri bo‘lib, hamma orzu qilingan sovrinni qo‘lga kiritish umidida yuqori kayfiyat bilan, eng yaxshi tarkiblarda o‘ynaydi.

Qatar oqilona ish tutdi: jamoa odatdagi Osiyo kubogidan tashqari, Yaponiya termasi kabi Amerika kubogi-2019da ham maxsus mehmon sifatida ishtirok etdi. Janubiy Amerika futbolining gigantlariga qarshi kurash olib boruvchi raqobat muhitida o‘zini sinab ko‘rish orqali jamoa ancha tajriba to‘pladi. Qatarliklar Argentina, Kolumbiya va Paragvay bilan o‘yinlarda o‘zlarini sinab ko‘rishga muvaffaq bo‘lishdi. Hamma jahon chempionati mezbonlarining saviyasi past deb o‘ylardi, ammo unday emas.

Paragvay bilan durang (2:2). Eng qiyin o‘yin Kolumbiya bilan bo‘ldi (0:1): qatarliklar o‘z jarima maydonchasi ichiga joylashib, durangni saqlab qolish umidida o‘ynashgan edi, biroq bu ish bermadi. Jamoa Argentinaga ham mag‘lub bo‘ldi (0:2), Kolumbiyadan ko‘ra ko‘proq gol o‘tkazib yuborgan bo‘lsalar-da, ular ancha mustahkam himoyaga egadek ko‘rindi: Qatar ochiq uslubda o‘ynashga va o‘z o‘yinini raqibga singdirishga harakat qildi, ammo bunday darajadagi kuchli raqibga qarshi o‘ynay olmadi. Umuman olganda, turnirda jamoa o‘zini munosib raqib sifatida ko‘rsatdi va ular bilan hech kimga oson bo‘lmasligini namoyon qildi.

Kiritildi: 21:37, 27.07.2022.
O'qildi: 2372 marta.
Fikrlar: 17 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.