Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 19:00 Al-Ayn 1-2 Al-Ahli (SA)
25/11 21:00 Istiqlol 0-0 Paxtakor
25/11 21:00 Al-G‘arafa 0-0 An-Nasr (SA)
25/11 22:30 Empoli - Udineze
25/11 23:00 Ar-Rayyan - Persepolis
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

Salom Qatar! Eng tezkor futbolchiga ega Kanada haqida nimalarni bilasiz?

Salom Qatar! Eng tezkor futbolchiga ega Kanada haqida nimalarni bilasiz?

Baho:
+ | -

Yaqinlashib kelayotgan Jahon chempionati oldidan yana bir mamlakat haqida so‘z yuritamiz. Shimoliy Amerika mashhur jamoalaridan biri Kanada bilan tanishing.

Laqabi - "qizillar"
FIFA reytingida 43-o‘rin
Jahon chempionatiga ikkinchi bor chiqishi
F guruhi. Raqiblar: Belgiya, Xorvatiya, Marokash.

1-tur, 23-noyabr. Belgiya - Kanada
2-tur, 27-noyabr. Xorvatiya - Kanada
3-tur, 1 dekabr. Kanada - Marokash

Oldingi muvaffaqiyatlar

Oxirgi va yagona marta Kanada Jahon chempionatiga 1986 yilda, Diyego Maradonani maftun etgan Meksikadagi turnirga kelgan. Jahon chempionati debyutantlari juda jiddiy guruhga ega edilar: Lobanovskiy boshchiligidagi eng qudratli SSSR, ajoyib Platinisi bor Fransiya va o‘z uslubi bilan endi chiqib kelayotgan Vengriya.

Kanadaliklar uch o‘yinda ham mag‘lub bo‘lishgan: dastlab fransuzlarga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lishdi, keyin esa ruhiy tushkunlikka tushgan vengerlarga 0:2 hisobidagi yutqaziq (Vengriya birinchi turda SSSRga 0:6 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi). So‘nggi turda esa SSSRdan 0:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

Kanadaning JCH-1986dagi o‘yinini asosiysi g‘alaba emas, shunchaki ishtirok etish deb belgilash mumkin. Kanadaning 1986 yilgi Jahon chempionatidagi ishtiroki haqida qisqacha videoni tomosha qilishingiz mumkin.

Hozir butun Kanada futboli uchun ushbu turnirning ahamiyatini tasavvur qila olasizmi? Yuqori ehtimollik bilan, hozirgi ishtirok 86-yilgi mundialdan tubdan farq qiladi.

Murabbiy va o‘yin uslubi

Jon Xerdman futbol bo‘yicha Kanada milliy terma jamoasi bosh murabbiyi. Qiziq fakt – Kanada terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga kelishidan oldin Jon faqat ayollar jamoalariga ustozlik qilgan. 47 yoshli ingliz ayollar futbolida yaxshi natijalarga erishdi.

2003 yilda Xerdman Yangi Zelandiyaning futbolni rivojlantirish dasturiga qo‘shildi, dastlab bo‘lajak murabbiylarga dars berdi, keyin esa mamlakatda futbolni rivojlantirish bo‘yicha direktor lavozimiga ko‘tarildi. 2006 yilda Jon Yangi Zelandiya ayollar futbol jamoasi bosh murabbiyi lavozimini egalladi, shuningdek, yoshlar jamoasini boshqargan. 2011 yilda Kanada futbol federasiyasi inglizga qizlar jamoasini boshqarishni taklif qilgan. Herdman darhol ular bilan Panamerika o‘yinlarida g‘olib chiqdi va shundan so‘ng u 2012 va 2016 yilgi Olimpiya o‘yinlarida bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Murabbiyning muvaffaqiyati federasiya rahbarlari e’tiboridan chetda qolmadi, ayniqsa, Kanadada ayollar futboli ommalashgan. Natijada, Jonga 2018 yilda u boshqargan erkaklar jamoasi murabbiyi lavozimini taklif qilishdi. Xerdman yaxshi start olmadi - u KONKAKAF-2019 Oltin kubogining chorak finalida Gaiti jamoasi tomonidan qaqshatqich zarbaga uchradi, ammo mutaxassis o‘z lavozimini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi va ikki yildan so‘ng u o‘z jamoasini yarim finalga olib chiqdi. Herdman ajoyib motivator. U jamoada o‘yinchilarga qulay muhit yaratishni biladi, barcha voqealar mavzusida bo‘lishga, yoshlarning "tilida" gapirishga harakat qiladi.

Kanada jamoasining o‘yin sxemasi: raqibga qarab tez-tez 4-4-2, 3-5-2, 3-4-3 yoki 4-3-3ga o‘zgarib borishi mumkin. Umuman olganda, kanadaliklarning asosiy sxemasi haqida gapirish juda qiyin, ular doimo raqibga moslashib ketishadi. AQSHga qarshi o‘yinda "qizillar" 4-4-2, Gonduras 3-4-3, Kyurakao bilan 4-4-2 (klassik) sxemasida maydonga tushishdi.

Jahon chempionati saralashida AQSHga qarshi o‘yin sxemasi

O‘yin uslubi - tezkor futbol, qanotlar orqali hujumlar, asosan, devor uslubida o‘ynash. Alfonso Devis yo‘qligida kanadaliklar ko‘pincha qanotlarsiz, maydon markazidagi olmos yoki uchburchakdan foydalanib o‘ynashadi. "Qizillar" birinchi va ikkinchi raqamni qanday o‘ynashni bilishadi, lekin ular himoyalanishdan ko‘ra hujum qilishni afzal ko‘rishadi. AQSHga qarshi mustahkamlangan markaziy zona bilan shakllangan uslub gavdalanadi. Kuchli raqiblarga qarshi ular ko‘pincha to‘psiz o‘ynashadi, raqib xato qilishini kutishadi - ko‘pincha bu amerikaliklar bilan o‘yindagi kabi ishlaydi.

Kanadaliklarning uslubi ko‘pincha ayollar futbolini eslatib yuboradi. Ba’zida jamoa nima qilayotganini tushunish juda qiyin - hammasi tartibsiz ko‘rinadi.

Guruh yetakchilari

Alfonso Devis nafaqat Kanada terma jamoasining, balki hech mubolag‘asiz, jahon futbolining super yulduzlaridan biri.

Devis endigina 21 yoshda va u Chempionlar ligasida g‘olib bo‘lgan, bu "Bavariya"ning asosiy o‘yinchilaridan biri sifatida amalga oshgan. Darvoqe, Alfonso Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan yagona kanadalik bo‘lgani uchun u allaqachon tarixda o‘z o‘rnini egallab bo‘ldi.
Unda hamma narsa bor - texnika, aqldan ozgan tezlik, atletiklarga xos zarba. Bu ko‘p qirrali o‘yinchi bo‘lib, yakka o‘zi butun qanotni yopishga va kerak bo‘lganda markaziy zonada o‘ynashga qodir. Terma jamoa hujumida Devis asosiy rol o‘ynaydi - Jon Xerdman iqtidorli futbolchini himoyachi vazifasidan ozod qildi. Shunday qilib, butun chap qanot Alfonso ixtiyorida, bu uning statistikasida ham o‘z aksini topdi - 12 gol.

Jonatan Devid "qizillar"ning yana bir "katta" futbolchisi

22 yoshli hujumchi allaqachon Liga 1ning eng yaxshi to‘purarlaridan biriga aylanishga va "Lill" bilan chempionlikni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Terma jamoa safida Devid 30 o‘yinda 20 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi - aql bovar qilmaydigan raqamlar. Jonatanning asosiy fazilatlari: tezlik, dribling, zarba berish - yaxshi hujumchiga kerak bo‘lgan hamma narsa. Bundan tashqari, Devid o‘ng va chap oyoqni ham mukammal boshqaradi. Jonatan “jongler” uslubida Panamaga qanday gol urganini eslang.

Kiritildi: 21:52, 08.08.2022.
O'qildi: 6563 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.