So‘nggi o‘n yilliklar davomida FIFA va UYEFA moliyaviy feyr-pley va boshqa qoidalar orqali top-klublar va kichikroq jamoalarni tenglashtirishga harakat qilmoqda. Xuddi shu sharoitda mehmonda gol urish qoidasini bekor qilish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Ammo 50 yil oldin futbol butunlay boshqacha qoidalarga ega o‘yin edi va hatto yirik turnirlarda ham shunchaki vahshiy holatlar bo‘lardi. Ulardan biri Yevro-68 yarim finalida SSSR va Italiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib, uning taqdirini oddiy 10 franklik tanga hal qildi.
SSSR mo‘’jizaviy tarzda pley-offga chiqdi, ammo Yakushin jamoasi muammolarga duch keldi.
1968 yilda UYEFA Olimpiya tizimidan aralash tizimga o‘tishga qaror qildi, bu esa final qur’a tashlashida 31 ta jamoa ishtirok etishiga imkon berdi. Jamoalar 8 ta guruhga bo‘lingan holda g‘oliblar chorak finalga yo‘l olishdi. Yevro-1968 birinchi bo‘lib qit’aning barcha yetakchi jamoalari ishtirok etdi. Islandiya va Malta jamoalari qo‘shilishi kerak edi, ammo kichikroq shtatlar oxir-oqibat o‘z arizalarini qaytarib olishdi.
SSSR terma jamoasi pley-off bosqichiga osonlikcha yo‘l oldi, 5 ta g‘alaba qozondi va faqat Avstriya jamoasiga yutqazdi. Chorak finalda Sovet jamoasi kuchli Vengriyaga duch keldi va Budapeshtdagi birinchi o‘yinda 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. O‘sha o‘yindan so‘ng SSSR terma jamoasi janjallarga deyarli g‘arq bo‘ldi - bosh murabbiy Mixail Yakushin bilan kelishmovchiliklar tufayli yulduz Yozef Sabo, Valeriy Voronin va Eduard Strelsov jamoani tark etishdi.
Eng ajablanarlisi, Yakushin jamoasining Moskvada 3:0 hisobida g‘alaba qozonishi edi. O‘sha o‘yinda SSSR terma jamoasini shunchaki to‘xtatib bo‘lmasdi - ular chiroyli kombinasiyalar qurishdi, gol urishdi va raqibga o‘z darvozalari atrofida vaziyatlar yaratishga imkon berishmadi. Oldinda yarim final va Italiya terma jamoasi jangga kirishish kerk edi.
SSSR yarim finalda katta vaqt ko‘pchilik bo‘lib o‘ynadi, ammo 120 daqiqada gol ura olmadi.
Italiya terma jamoasi avvalgi jahon va Yevropa chempionatlaridan chiqarib yuborgan SSSRdan qasos olishga ahd qildi. Qolaversa, mafkuraviy qarama-qarshilik qizib borardi. Italiya terma jamoasida Dino Zoff, Djacinto Fachetti, Sandro Mazzola, Janni Rivyera va boshqa Yevropa futbol yulduzlari bor edi. SSSR, Strelsov, Voronin va Sabodan tashqari jarohat olgan Anichkin, Xursilava va Chislenko hizmatidan foydalana olmasdi.
Yarim final bosqichidan javob uchrashuvlari o‘tkazilmadi, chunki Yakushin jamoasi nafaqat SkuadraAdzurraga, balki uni qo‘llab-quvvatlayotgan Neapoldagi 70 000 kishilik olomonning ham bosimiga dosh berishga majbur bo‘ldi.
Ammo o‘yin boshida SSSR foydasiga ikkita omil o‘ynadi. Birinchisi, yetakchi futbolchilardan biri Janni Rivyeraning jarohati. O‘sha davr qoidalariga ko‘ra, faqat darvozabonni almashtirishga ruxsat berilgan, chunki oqsoqlangan Rivyera butun o‘yinni maydonda o‘tkazgan, lekin aslida Italiya terma jamoasi ozchilikda o‘ynagan. Ikkinchi omil - yomg‘ir va yopishqoq maydon, bu italiyaliklarning tezkor qarshi hujumlarini boshlashiga to‘sqinlik qildi.
120 daqiqalik o‘yindan keyin jamoalar gol ura olmadi — 0:0.
SSSR kapitani Shesternevga tanganing qavariq yuzini tanlashni maslahat berishdi, lekin u taklifni eshitmadi.
Va bu yerda eng qizig‘i boshlandi. 1968 yilda penaltilar seriyasi bo‘lmagan, shuning uchun finalga chiqish taqdirini tanga uloqtirish hal qilishi kerak edi. Bu yevro tarixida natija qur’a yo‘li bilan hal qilingan yagona holat edi.
Hakam va jamoa sardorlari Faketti va Shesternev tribuna ostidagi xonaga borishdi, SSSR vakili tomon tanlash huquqini oldi. Uchlikdan keyin subtribunaga yo‘l olgan Sovet terma jamoasining murabbiyi Yakushin o‘z tarjimai holida shunday eslaydi:
“Qur’a tashlash marosimining xorijlik ishtirokchilari menga hayron bo‘lib qarashdi, lekin kimligimni bilmay, rasmiy jarayonga o‘tishdi. Dastlab qaysi tangalardan - Italiyaniki yoki Fransiyanikidan foydalanish tanlandi. Biz Fransiya tangasini tanladik. Keyingi voqealar tragikomediyada bo‘lgani kabi rivojlana boshladi. Ruyola Shesternevdan tanganing qaysi tomonini tanlashini so‘raydi. Shu vaqt ichida men tangani sinchiklab ko‘zdan kechirishga muvaffaq bo‘ldim va uning “figura” deb ataladigan bir tomoni biroz qavariq ekanligini payqadim.
Bolaligimda “tanga tashlash” o‘yinini yaxshi ko‘rganim sababli, tanganing qavariq qismi bilan tushishi ehtimoli ancha yuqori ekanligini angladim. Men Shesternevga: "Figurani tanla”. U uzoqda turib meni eshitmadi va ikkilanib turaverdi. U tanlashda ancha faqt o‘ylagach, Ruyola Fakettidan tanlashni so‘radi. Tanga tashlangach Italiya termasi sardori xursand bo‘lib “Figura” deb baqirdi. Italiyaliklar Yevropa chempionati finaliga chiqdi va bizda o‘yin bor edi, afsuski, boshqa yarim finalda yugoslavlarga yutqazgan inglizlar bilan faqat uchinchi o‘rin uchun.
SSSR terma jamoasi uchinchi o‘rin uchun o‘yinda Angliyaga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi, vataniga qaytgach, Yakushin ishdan bo‘shatildi.