Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Mirjalol Qosimov: «Ochkolarni kuzda sanaymiz»

Mirjalol Qosimov: «Ochkolarni kuzda sanaymiz»

Baho:
+ | -

AGMK klubi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov "Nasaf"ga qarshi bo‘lib o‘tgan Superliganing 16-tur bahsi (0:0) borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

— Bu har ikki jamoa uchun juda ham muhim o‘yin edi. Ikki jamoa ham faqat g‘alaba umidida maydonga chiqqandi. Ammo durang qayd etildi. O‘ylashimcha, ikkala bo‘lim ham jangovar tarzda kechdi. Bugun "Nasaf" ham g‘alaba qozonishi mumkin edi, bizda ham imkoniyatlar bo‘ldi. Bunday o‘yinlarda futbol yutadi.

— AGMK chempionlik uchun kurashishi kutilayotgandi, so‘nggi o‘yinlarda jamoa ko‘p ochko yo‘qotdi. Buning sababi nimada?
— Gapirsam bahonaga o‘xshab qoladi. Ba’zi o‘yinlarda bizga qizil kartochka pand berdi. Chempionatining ilk o‘yini, keyin "Olimpik", yaqinda "Metallurg"ga qarshi bahslarda bir o‘yinchimiz maydondan chetlatildi. Mana shu uchrashuvlarda maksimal natijaga erishganimizda ochkolarimiz hozir 9taga ko‘proq bo‘lardi. Ba’zi uchrashuvlarda esa so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib, g‘alabani qo‘ldan chiqardik. Ammo bular bahona bo‘lish kerak emas. Bu futbolning bir qismi. Hali hammasi oldinda. Ochkolarni kuzda sanaymiz.

— Joriy mavsumda qaysi jamoa chempionlikni qo‘lga kiritadi, deb o‘ylaysiz?
— Bunday bashoratlarni qilishni yoqtirmayman. Mavsum yakunlanganidan so‘ng aytishim mumkin.

— Penalti bekor qilingani borasida fikringiz?
— O‘zi penalti yo‘q edi-da! Bosh hakam 5 metr masofadan ko‘rib, penalti yo‘qligiga ishora qilmoqda. Burchakka yaqin joydagi yordamchi hakam esa qanday qilib penaltini ko‘rdi, hayronman.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:55, 17.08.2022.
O'qildi: 2659 marta.
Fikrlar: 27 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик