Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

OFK lisenziyalash reglamentida qanday yangiliklar bor?

OFK lisenziyalash reglamentida qanday yangiliklar bor?

Baho:
+ | -

OFK klublarni lisenziyalash bo‘yicha yangi reglamentni e’lon qildi. Hujjatda jumladan, OCHL va OFK kubogi uchun kriteriyalar umumlashtirilgan.

Bunga qadar hammasi ikki alohida hujjatda belgilangan edi. Ba’zi mezonlar qayta ishlangan, ayrimlari maqomi ko‘tarilgan va yangilari ham qo‘shilgan. Masalan, endi klub tizimida ayollar jamoasi bo‘lishi shart, biroq bu majburiy kriteriya emas. Ya’ni tarkibida ayollar jamoasi yo‘q klub erkaklar o‘rtasidagi Osiyo turnirlarida o‘ynash huquqidan mahrum qilinmaydi. Yangilangan litsenziyalash reglamentidagi asosiy farq - bu lisenziyalangan klublar ro‘yxatini OFKga taqdim etish muddati. Ilgari oktyabr edi, endi may oyi belgilandi. Bunda hammasi tushunarli - 2023 yildan OFKda klublar mavsumi «kuz-bahor» tizimiga o‘tadi. 

Oldin qanday edi? Masalan, Qatarda lisenziyalash uchun ikki muddat bor edi:
* mahalliy muddat - may oyigacha Qatar Yulduzlar ligasi ishtirokchilarini aniqlash
* OFK muddati - oktyabrgacha Qatarning OCHLdagi vakillarini aniqlash

Farq - darajasi yuqoriroq dan bir-ikki mezon va qo‘shimchasiga moliyaviy kriteriyalar. Shuningdek, Yulduzlar ligasida dastlabki 6ta o‘rinni egallagan yoki Amir kubogini qo‘lga kiritgan klublargina OCHL lisenziyasiga da’vogarlik qilishi mumkin. Natijada qoidalar bo‘yicha 17ta klub mahalliy lisensiyani qo‘lga kiritdi. OCHL lisenziyasi esa 5-6ta klubga nasib etdi. Bu esa lisenziyalash tizimi tafsilotlaridan bexabar havaskorlarning masalan, O‘zbekistonda Qatardagidan ko‘proq professional klublar bor, deb o‘ylashlariga asos berdi. Vaholanki, shaxsan men Qatar klublari oxirgi marta qachon FIFA tomonidan yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha taqiqqa uchraganini eslolmayman. O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlarida avvalgi lisenziyalash tizimi jarayonini ikki qismga bo‘lish imkoni bo‘lmagan. Shunday qilib, klublar mavsum davomida OCHL yoki OFK kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish-kiritmasligini bilmay turib, ariza topshirgan. Endi hammasi o‘zgaradi. Futbol mavsumi may oyida tugaydigan mamlakatlarda klublar mavsum davomida lisenziya olish uchun ariza topshirishi kerak. Bu esa Qatarda OFK lisenziyasiga ega klublar sonini 17taga yetkazish imkonini beradi. O‘z navbatida, Markaziy Osiyodagi lisenziyachilar (milliy tizimga asosan ligalar yoki federasiyalar) mahalliy mavsum yakunlanganidan keyin OFK musobaqalarida ishtirok etish uchun lisenziyalash jarayonini o‘tkazishlari mumkin. Birinchidan, bu klublarga faqat sport natijalari bo‘yicha lisenziyalash jarayonida ishtirok etish imkonini beradi. Ikkinchidan, klublarning jarayonga e’tibor qaratishi osonroq va shuning uchun muvaffaqiyatli arizalar foizi oshadi. Uchinchidan, OFK kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan klub faqat shu turnir lisenziyasi uchun ariza topshirishi mumkin, bu esa talablar bo‘yicha OCHLnikidan sezilarli darajada pastroq.

Alisher NIKIMBAYEV, «Futbolium»

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:29, 19.08.2022.
O'qildi: 2045 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.