Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Leo Messining xayriya ishlari haqida bilasizmi?

Baho:
+1 | -

 Leo Messi yaxshi futbolchi bo‘lishi bilan birga ko‘plab xayriya ishlarida ham faol qatnashadi. Uning xayriya jamg‘armasi ham mavjud. Argentinalik futbolchining jamg‘armasi hatto mablag‘larni o‘zlashtirganlikda ayblanib sudlangan ham.

Leoning jamg‘armasi asosan qanday ish bilan shug‘illanadi?

2007 yilda Messi o‘zining xayriya jamg‘armasini tuzdi va u orqali qiyin vaziyatlarda yordamga muhtoj bolalarga yordam beradi.

Jamg‘armaning eng yirik loyihalaridan biri boshqa tashkilotlar bilan birgalikda Barselonadagi bolalar onkologiya markazi qurilishini moliyalashtirishdir. 2022 yilda Leo shu sababli Barselonaga rasman o‘zi tashrif buyurgan.

Leo maktablarni faol qo‘llab-quvvatlaydi ...

G‘azodagi maktab nonushta dasturi, Suriyadan kelgan bolalar uchun o‘quv to‘plamlari, Rosariodagi maktabni ta’mirlash: Leo fondi butun dunyo bo‘ylab ko‘plab ta’lim loyihalariga ega.

Fond bilan ishlashdan tashqari, Leo YUNICEFning yaxshi niyat elchisi hisoblanadi va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Yulduzlarning xayriya o‘yinlari

Yordam berishning yana bir imkoniyati - xayriya uchrashuvlari. "Messi va do‘stlari" "Dunyoning yulduzlar jamoasi"ga qarshi - bunday o‘yin, masalan, 2013 yilda Kolumbiyada bo‘lib o‘tgan.

Kovid bilan kurashish uchun bir million

Koronavirus pandemiyasining boshida Messi ikkita kasalxonaga - Kataloniya va vatani Argentinaga 1 million yevro xayriya qildi.

Janjalsiz emas

2018 yilda Leo jamg‘armasining sobiq xodimi tashkilotni o‘g‘rilikda aybladi: go‘yoki pul offshorda olib qo‘yilgan va xayriya ishlariga bormagan. 2020 yilda Leo sudda g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi.

Yaxshi ishlar mukofotlanadi

Ko‘plab xayrli ishlar e’tibordan chetda qolmaydi: 2020 yilda Leo SPORTnashridan “Qadriyatlar” mukofotini oldi.

Manba: www.championat.com
Kiritildi: 05:00, 20.08.2022.
O'qildi: 4219 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик