Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/11 01:00 Bayer 5-0 Zalsburg
27/11 01:00 Bavariya 1-0 PSJ
27/11 01:00 Yang Boyz 1-0 Atalanta
27/11 01:00 Barselona 3-0 Brest
27/11 01:00 Inter 1-0 RB Leypsig
27/11 01:00 Manchester Siti 3-3 Feyenoord
27/11 01:00 Sporting 1-5 Arsenal
27/11 15:00 Kvangju 1-0 Shanghai Shenhua
27/11 15:00 Yokogama Marinos 2-0 Poxang Stilers
27/11 17:00 Tep Han Nam Din 3-0 Li Man
27/11 17:00 Tampines Rovers 1-0 Bangkok Yunayted
27/11 19:00 Oltin Asr 0-2 Al-Quva al-Javiya
27/11 19:00 Nasaf 1-2 Kuvayt SK
27/11 21:00 Traktor 3-3 Al-Vakra
27/11 21:00 Al-Hussayn 2-3 Shabab al-Ahli
27/11 22:45 Srvena Zvezda - Shtutgart
27/11 22:45 Shturm - Jirona
27/11 23:00 At-Ta'vun - Xolidiya
28/11 01:00 Monako - Benfika
28/11 01:00 Aston Villa - Yuventus
28/11 01:00 Bolonya - Lill
28/11 01:00 Seltik - Bryugge
28/11 01:00 Dinamo Zagreb - Borussiya D
28/11 01:00 Liverpul - Real Madrid
28/11 01:00 PSV - Shaxtyor

Ronalduning "Manchester Yunayted"dagi yuqori maoshi chegara emas. Tez orada rekord yangilanadi

Ronalduning "Manchester Yunayted"dagi yuqori maoshi chegara emas. Tez orada rekord yangilanadi

Baho:
+ | -

Futbol dunyodagi eng tez rivojlanayotgan sohalardan biri bo‘lib, u sayyoradagi translyasiya huquqlarining 40 foizini qamrab oladi va ko‘pchilik rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotining muhim qismi hisoblanadi. Jonli efirga bo‘lgan talabning o‘sishi futbolni o‘ziga xos biznesga aylantirdi. Globallashuv, ommaviy axborot vositalarining yoritilishi va texnologiya uni dunyoning har bir burchagiga tarqatdi. Aktyorlar bilan nafaqat mashhurlik, balki daromad bo‘yicha ham tenglashdi va hatto ulardan o‘zib ketishdi. Bugungi kunda o‘tgan asrning boshida Angliyada bir futbolchining haftalik maoshi 4 funt sterlingdan oshmaganini tasavvur qilish juda qiyin.

1992 yilda Angliya Premyer-ligasi tashkil etilgan vaqtda “Manchester Yunayted” va “Liverpul”ning har birining maosh byudjeti 8 million funt sterlingdan di. O‘ttiz yil o‘tgach, televideniye shartnomalari va xorijiy sarmoyalar tufayli ish haqi fondlari keskin oshdi.

Ayni damda Angliyaning eng ko‘p maosh to‘lash qobiliyatiga ega klubi amaldagi chempion "Manchester Siti" hisoblanadi. Gvardiolaning jamoasiga yiliga futbolchilar uchun 355 million funt sterlingni to‘laydi, undan keyin "Chelsi" (343 million funt), uchinchi o‘rinda "Manchester Yunayted" (323 million funt), "Liverpul" 314 million funt, "Arsenal" 244 million funt va "Tottenxem" - 205 million funt sterling sarflaydi. Eng yuqori maoshni "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu oladi. Uning bir haftalik ish haqqi 515 ming funt.

"Premyer-liga jahon futbolidagi eng yaxshisi hisoblanadi va undan keyin pul keladi", - deydi doktor Den Plumli, sport moliyasi bo‘yicha ekspert va Sheffild-Hallam universiteti katta o‘qituvchisi. "Va bu pulning katta qismi o‘yinchilarga maosh to‘lash uchun ketgan". Agar 30 yil avval Britaniya jamiyati futbolchilarning katta maoshlari oddiy fuqarolarga nisbatan noloyiqligi haqidagi fikrlar bilan to‘lib-toshgan bo‘lsa, bugungi kunda bu oddiy hol sifatida qabul qilinadi.

Haftalik ish haqi to‘lash an’anasi Britaniyada faoliyatning barcha sohalarida mavjud va futbol ham bundan mustasno emas. 1900 yilda haftalik maoshning eng yuqori chegarasi atigi 4 funt sterling edi va bu 60 yil davomida saqlab qolingan.

Limit 1961 yilda bekor qilindi va bir mavsumda u 20 funtdan 100 funt sterlinggacha ko‘tarildi. 100 funtdan ko‘p maosh olish ko‘rsatkichini buzgan birinchi futbolchi "Fulxem" hujumchisi Jonni Xeyns bo‘ldi. Bugun Ronaldu bir daqiqada shuncha ko‘p pul topadi, lekin yana bir xususiyatni hisobga olish kerak. Premyer-liga o‘yinchilarining shartnomalaridagi summa har doim ham to‘g‘ri yozilmagan. Masalan, Saloh haftasiga 350 ming funt sterlingga shartnoma imzolagan bo‘lsa, bu soliqdan oldingi miqdor hisoblanadi.

Premyer-liga Top-5 chempionatlar ichida chet ellik o‘yinchilar uchun eng payst soliq stavkasiga ega - 20%. Buni Yevropaning boshqa yetakchi ligalari bilan solishtirish mumkin. Fransiyada bu ko‘rsatkich 30%, Italiyada 25%, Ispaniya va Germaniyada mos ravishda 24% va 25% ga teng.

Ma’lumotlarning shaffofligi agentlarga klub rahbariyatiga katta shartlar qo‘yish imkonini beradi. Ular jamoalar televideniye shartnomalaridan, chiptalar sotuvidan tushadigan daromadlar haqida tasavvurga ega va hokazo.

350 ming funt sterling maoshga erishish uchun Saloh so‘nggi to‘rt yil ichida Premyer-liga, Chempionlar ligasi, klublar o‘rtasidagi jahon chempionati va Angliya kubogini yutishi kerak bo‘ldi. Premyer-liganing so‘nggi beshta g‘olibidan to‘rttasi "Manchester Siti" o‘tgan yilning o‘zida Kevin De Bryuyne bilan yangi shartnoma imzolash orqali faftasiga 400 ming funt sterlingni yo‘qotadigan bo‘ldi.

"Chelsi" 2003 yilning iyun oyida Roman Abramovich tomonidan sotib olingani, transfer narxi va futbolchilarning maoshini oshirishda muhim rol o‘ynadi. Rossiyalik milliarder 18 yil ichida jamoasining transfer rekordini 10 marta yangiladi. Bugungi kunda “Chelsi”da eng ko‘p maosh oluvchi futbolchi Rahim Sterling 325 ming funt sterling ishlab oladi.
"Tottenxem" yetakchisi va Angliya terma jamoasi sardori Harri Keyn Erling Xolandning o‘rnida bo‘lishi mumkin edi, ammo hujumchi Londonda qolib, 200 ming funt maosh oladi.

Ish haqining o‘sish tendensiyasi yildan yilga barqaror bo‘lib, uzoq vaqt davom etadi. Bunga, boshqa omillar qatori, NBC Sports bilan 2021 yilning noyabrida tuzilgan 2 milliard funt sterlinglik olti yillik shartnoma ham sabab bo‘ladi.

Kiritildi: 18:59, 23.08.2022.
O'qildi: 9100 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.