"Real Sosyedad" mavsum yakuniga qadar hujumchi Umar Sodiqdan ayrildi.
25 yoshli hujumchining tizzasining xochsimon bog‘lami yirtilgani tashxisi qo‘yilgan.
Nigeriyalik futbolchi La Liganing 5-turi doirasidagi “Xetafe”ga (1:2) qarshi o‘yinda jarohat olib, birinchi bo‘limda almashtirildi.
"Sosyedad" Sodiqni transfer oynasining so‘nggi kunida "Almeriya"dan 25 million yevro evaziga sotib oldi.
Hujumchi yozda "Nyukasl"ga 65 million+5 million evroga sotib yuborilgan Aleksandr Isakning o‘rniga shartnoma imzoladi.