Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

10 daqiqada ishdan bo‘shatilgan murabbiy. Futbol tarixidagi eng tezkor iste’folar haqida bilasizmi?

10 daqiqada ishdan bo‘shatilgan murabbiy. Futbol tarixidagi eng tezkor iste’folar haqida bilasizmi?

Baho:
+ | -

 Futbol olamida hamma narsa tez o‘zgarmoqda. Bugun mashhur klub murabbiyisiz, ertaga esa murabbiylar ishsiz qolishi mumkin bo‘lgan davr. Shunday ekan quyida biz jamoada murabbiy sifatida eng kam ishlagan mutaxassislar bilan tanishamiz. 

Rene Meulensteen - 17 kun (2013)

Gollandiyalik futbolchi «Anji»da omadsizlikka uchradi. Ungacha mutaxassis ser Aleks Fergyusonning shtabida ishlar edi. Bor-yo‘g‘i 17 kundan so‘ng "Anji" bosh murabbiyligi lavozimidan ozod etildi va uning o‘rnini Gadji Gadjiyev egalladi.

Mikki Adams - 13 kun (1997)

Mikki Adams Uelsning «Suonsi» klubini o‘zi tark etdi. Uchta uchrashuvdan so‘ng, murabbiy jamoani inqirozdan olib chiqish uchun va’da qilingan moliyaviy yordamni olmagan va o‘zi ariza yozib ishdan ketgan.

Maksim Kalinichenko - 10 kun (2022)

«Spartak»ning sobiq yarim himoyachisi Estoniyaning «Levadiya» klubida 10 kun vaqt o‘tkazdi. Maksim rahbariyat ukrainalik mutaxassisning muvaffaqiyatiga ishonmagani uchun ishdan bo‘shatildi.

Martin Ling - 9 kun (2009)

Martin Ling "Kembrij Yunayted"da erkin ishlay olmadi. Klub rahbariyati bilan kelishmovchiliklar uni o‘z lavozimini tark etishga majbur qildi va o‘zidan oldingi Gari Barbin taqdirini takrorladi.

Kevin Kallis - 7 kun (1996)

Kevin Kallisning «Suonsi»dagi murabbiylik faoliyati bir hafta o‘tib quladi. Blekpul bilan o‘yinning birinchi bo‘limidan so‘ng (ketma-ket ikkinchi) uning jamoasi 4:0 hisobida ortda qoldi. Unga esa tezda chiqish eshiklari ko‘rsatildi.

Devid Bassett - 4 kun (1984)

Devid Bassett o‘zini "Kristal Pelas" bosh murabbiyi sifatida sinab ko‘rishga jur’at etdi, ammo, aftidan, bu bilan shoshilib, to‘rt kundan so‘ng o‘z ona shahri "Uimbldon"iga qaytib keldi.

Leroy Rosenior - 10 daqiqa (2007)

Angliyaning "Torkey Yunited" klubi eng tez chetlatishlar bo‘yicha mutlaq rekordchiga aylandi. Rahbarning o‘zgarishi jamoani boshqargan Leroy Roseniorning o‘z o‘rnida o‘n daqiqa ham o‘tkazmasligiga olib keldi.

Manba: www.championat.com
Kiritildi: 14:45, 27.09.2022.
O'qildi: 3510 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.