Italiyalik agent Andrea D'Amiko gruziyalik futbolchi Xvicha Kvarasxeliyaning "Napoli"dagi o‘yinini yuqori baholadi.
“Kvarasxeliya – fenomenal futbolchi. U “Napoli”ga juda mos tushdi va hozir porlayapti!” - dedi D'Amiko.
Kvarasxeliya “Napoli”ga 2022 yilning yozida kelib qo‘shilgandi. Italiya chempionatida 21 yoshli futbolchi yangi jamoasi safida 7 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Avvalroq Kvarasxeliya Qozonning “Rubin” klubida o‘ynagan.