Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/05 00:00 Jirona 7-0 Granada
25/05 17:00 Osasuna 1-1 Vilyarreal
25/05 19:00 Nasaf 1-1 Dinamo
25/05 19:00 Paxtakor 1-1 Qizilqum
25/05 19:15 Real Sosyedad 0-2 Atletiko
25/05 21:00 Yuventus 2-0 Monsa
25/05 21:30 Almeriya 6-1 Kadis
25/05 21:30 Rayo Valyekano 0-1 Atletik Bilbao
25/05 23:45 Milan 3-3 Salernitana
26/05 00:00 Real Madrid 0-0 Betis
26/05 17:00 Xetafe - Malyorka
26/05 19:15 Selta - Valensiya
26/05 19:15 Las-Palmas - Alaves
26/05 21:00 Atalanta - Torino
26/05 21:00 Napoli - Lechche
26/05 23:45 Verona - Inter
26/05 23:45 Empoli - Roma
26/05 23:45 Frozinone - Udineze
26/05 23:45 Lasio - Sassuolo
27/05 00:00 Sevilya - Barselona

Jon Xerdman: «JCH – katta maktab»

Jon Xerdman: «JCH – katta maktab»

Baho:
+ | -

Jon Xerdman Kanada ayollar termasi boshqaruvini topshirib, erkaklar jamoasiga o‘tgach, ko‘pchilik uning o‘z faoliyatida orqaga qadam tashlaganini ta’kidladi.

Zero, ayollar jamoasi jahonda o‘z o‘rniga ega bo‘lsa, erkaklar termasi hattoki, KONKAKAF miqyosida ham o‘rtamiyonalar qatorida edi. Ingliz mutaxassisining o‘zi ham elit darajani pastrog‘iga almashtirganini ta’kidlagandi. Axir u Olimpiadada 2 marta «bronza» yutgan va JCHda «oltin»ni maqsad qilgan jamoasidan voz kechib, FIFA reytingida atigi 94-o‘rinni egallab turgan terma bosh­qaruvini qo‘lga olgandi. Qarangki, Kanada erkaklar termasi qisqa vaqt ichida KONKAKAFning eng yaxshi jamoasiga aylandi, JCH saralashida chinakamiga nur sochdi. Qiziq, bunday yuksalish qanday yuz berdi? Faxriy darvozabon Milan Borian bu savolga lo‘nda javob berdi: «Barchasini ifoladash uchun atigi ikki ibora kifoya qiladi - Jon Xerman! Bori shu». Uning e’tirof etishicha, Jon - kanadaliklar uchun mo‘’jizakor shaxs. Xerman yordamchisi Kristin Sinkler va o‘z shtabining boshqa a’zolari bilan futbolchilarni milliy jamoaning jahon chempionatiga chiqishi xokkey vatanida millionlar o‘yiniga munosabatni keskin o‘zgartirishiga ishontira oldi. Mana, ilk  missiya sharaf bilan bajarildi, lekin endi Xerman effekti ikkilanishga uchradi. Chunonchi, murabbiyning strategiyasi shu paytgacha kuchli ambisiyaga asoslandi. Rekord darajadagi muvaffaqiyat ham, 36 yillik tanaffusdan keyin qo‘lga kiritilgan mundial chiptasi ham o‘z yo‘liga. Bugungi masala boshqa - kanadaliklar Qatar maydonlarida ham KONKAKAF miqyosidagi saralash o‘yinlarida ko‘rsatgan jasoratlarini takrorlay olishadimi? Axir endi faqat ishtiyoq bilan ish bitmaydi. Boz ustiga, Kanada milliy jamoasi guruh bosqichida oxirgi JCH sovrindorlari - Xorvatiya va Belgiya termalariga qarshi maydonga tushadi. Xerdman FIFA rasmiy saytiga bergan eksklyuziv intervyusida shu masalalarga ochiq-oshkora to‘xtaldi.

-  Jon, jahon chem-pionati startigacha asosiy vazifalaringiz nimalardan iborat?

- Tabiiyki, bo‘lajak raqiblarni obdon o‘rganishimiz kerak. Kanada termasi hozir autsayder maqomida. Shunday ekan, o‘yin sifati borasida o‘rtada mavjud farqni imkon qadar yo‘qotish yo‘llarini topish ustuvor vazifa hisoblanadi. Shuning barobarida jamoada fikrlash tezligini yangi darajaga ko‘tarish, o‘yin uslublari va madaniyatini shakl­lantirish, raqiblar bilan chinakamiga raqobatlashish imkonini beradigan taktik ishlanma yaratish masalalari bor. Bularni amalga oshirish uchun esa hali ko‘p ishlash kerak. Hozir qo‘l ostimdagi futbolchilarning yangi saviyaga chiqishlarini ta’minlovchi muhit yaratish harakatidaman.

- Qatar mundialida Alfonso Devis asosiy «qurol»laringizdan biri bo‘lishiga shubha yo‘q. U yaqinda JCHdagi ishtirok uchun oladigan mukofot pulini xayriya ishlariga yo‘naltirishini e’lon qildi. Devisdan shunday kuchli yurish kutganmidingiz? Bu uning tabiiy xarakteriga nechog‘li mos?

- Alfonso shunchaki, oliy toifali shaxs. Menimcha, buni hamma ko‘rib turibdi. Devis ulkan qalb sohibi, o‘ylaymanki, bunda urush tufayli vayronaga aylangan mamlakatda orttirgan hayotiy tajribasi ta’siri bor. Mukofot pulini xayriya ishlariga sarflashi to‘g‘risida bergan va’dasi - ajoyib harakat. Devis bugun global superyulduz, pul esa uning eng katta motivasiya manbai emas. Bu aniq. Ha, Kanada milliy jamoasida moliyaviy holati turlicha futbolchilar bor. Ehtimolki, ayrim yigitlarga jahon chempionatidagi ishtirok uchun beriladigan mukofot puli katta ahamiyat kasb etar... Asosiysi, Alfonso o‘z sharoitidan kelib chiqib, chindan ham, katta ishga qo‘l urdi. 

- Jamoangiz o‘zini yaxshi his qilishini ta’minlaydigan ajoyib yo‘lni yaratdingiz va saralash dovoni davomida tezlikni yanada oshirdinglar. Qiziq, mundial final raundida ham asosan ishtiyoqqa asoslangan o‘yinga tayanish qanchalik muhim va bu natija beradimi?

- Ko‘pchilik shu haqda gapirmoqda, tanqidiy qarashlar ham yo‘q emas. O‘zi xalqaro futbol muhiti g‘alatiroq. Axir saralash bosqichidagi missiya­ni mart oyida bajardik, hozir esa bu voqea million yil oldin ro‘y bergandek tuyulmoqda. Vaholanki, iyun oyida jahon chempionati final raundiga tayyorgarlik ko‘rish rejimiga o‘tdik, xususan, Millatlar ligasi to‘rtligiga kirishga urindik. Joriy oy ham biz uchun juda muhim - Urugvay va Qatar termalariga qarshi o‘rtoqlik o‘yin­lari hozirgi holatimiz bo‘­yicha muayyan tasvir berishi kerak. Gap shundaki, 4 yil oldin Yangi Zelandiya termasi bilan o‘ynaganimizdan buyon KONKAKAF cheragasidan tashqariga chiqmagandik. 

- Qur’adan keyin Kanada termasi tushgan guruh eng qiziqarli va ehtirosli kvartet sifatida e’tirof etildi. Bunga qanday qaraysiz?

- Kanada misolida aytsak, barchasi futbolchilar, murabbiylar va muxlislar uchun sof ehtiros. Aslida butun mamlakat uchun shunday. To‘g‘ri, «Agar boshqa guruhga tushganimizda, «pley-off»ga chiqish imkoniyatimiz ko‘proq bo‘lardi...» qabilida o‘ylash mumkin. Ammo shaxsan men Belgiya va Xorvatiya milliy jamoalari raqib bo‘lishini bilganim zahoti shunchaki, qo‘llarimni ishqalab, o‘zimga pichirlagandim: «Bu - ajoyib tajriba-ku». JCH sinovini qabul qilishga tayyor bo‘lishni xohlaymiz. Bu jarayonda eng muhimi - yigitlarning sof umidlarini so‘ndirmaslik. Oddiy aytganda, futbolchilarga zimmalarida og‘ir yuk borligini aytaverib, ortiqcha bosim hosil qilishdan hech qanday naf yo‘q. Qisqasi, jamoada erkin muhit  yaratmoqchimiz, toki, yigitlarimiz Kevin de Bryuyne, Romelu Lukaku va Luka Modrich kabi yulduzlarga qarshi chiqishdan cho‘chimasinlar, aksincha, bunday «yirtqich»lar bilan olishuvda o‘z chegaralaridan o‘tish imkoniyatidan bahra olsinlar. Tushunaman, murabbiy sifatida millat qahramoniga aylanishim yoki malomatlar ostida qolishim mumkin. Ikki yo‘l bor - mundialdan keyin meni taktik dahoga chiqarishadi yoki sodda va g‘o‘r murabbiyga. Lekin futbolchilar erkin o‘ynashlarini xohlaganimdek, qa-rorlarni ham bosimsiz qabul qilishga moyilman. Bundan ni-ma chiqishini esa dekabrda ko‘ramiz. 

- Shogirdlaringiz Modrich va de Bryuynega qarshi o‘ynashsa, siz Roberto Martines va Zlatko Dalich kabi murabbiylarga raqiblik qilasiz...

- Bu murabbiylar ishini kuzatish - yoqimli. Masalan, Martines JCH-2018dan keyin tarkibda bir qator o‘zgarishlarga qo‘l urdi. Hamkasblar ishlarini kuzatish ham o‘ziga xos maktabdir. Hali rivojlanish yo‘lidaman va bilamanki, hozirgi ishim natijadan qat’iy nazar, tajriba to‘plashimga xizmat qiladi. Hozircha hammasi - quvonch.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 20:22, 29.09.2022.
O'qildi: 1044 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.