Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

Ongga ta’sir liboslar orqali davom etadi, voqealar markazida — Daniya!

Ongga ta’sir liboslar orqali davom etadi, voqealar markazida — Daniya!

Baho:
+ | -

Daniyaning jahon chempionati uchun libosi Qatarda inson huquqlarining buzilishiga qarshi boykot ko‘rinishida jarangladi. Logotip deyarli ko‘rinmas shaklda, motam holatini esga soladi.

"Minglab odamlarning hayotiga zomin bo‘lgan turnir"

Qatarda bo‘lib o‘tadigan JCH-2022ga ikki oydan kamroq vaqt qoldi. Ishtirokchi davlatlar birdek yangi liboslar to‘plamini tarqatishmoqda. Daniya bo‘lajak turnirga o‘z munosabatini bildirdi va Qatarda inson huquqlarining buzilishiga qarshi norozilik bildirilgan to‘plamni nashr etdi.

Daniyaning libosi uchun g‘oya Yevro-92dan ilhomlanib ishlab chiqildi. Jamoa Qatar va uning inson huquqlari buzilishiga qarshi turadi. Shuning uchun libosdagi muhim detallar atayin deyarli ko‘rinmas shaklga keltirib qo‘yildi. "Minglab insonlar hayotiga zomin bo‘lgan turnirda ommaning nazarida bo‘lishni istamaymiz", - deyiladi dizaynerlar bayonotida - Biz doimo Daniya terma jamoasini qo‘llab-quvvatlaymiz, ammo bu Qatarni mezbon davlat sifatida hurmat qilishimiz shartligini anglatmaydi. Biz sport odamlarni birlashtirishi kerak, deb hisoblaymiz”.

Yana bir alohida e’tiborga molik xususiyat qora rangdagi uchinchi to‘plam bo‘ldi.

“Bu motamning rangi. Ushbu jahon chempionati uchun Daniyaning uchinchi formasi uchun mukammal rang. Biz Qatardagi inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyat va mamlakatda turnir uchun stadionlarni qurgan mehnat muhojirlariga munosabat haqida bayonot berilishini juda xohlaymiz”.

Qatardagi qurilish maydonlarida kamida 7000 kishi halok bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Xalqaro Amnistiya tashkilotining may oyida o‘tkazilgan tadqiqotida Qatarda 2021 yilgi Arab Millatlar Kubogi vaqtidagi ish jarayonlari majburiy mehnat deb ta’riflangan. Ob’ektlardagi qo‘riqchilar haftasiga ruxsat etilgan maksimal 60 soatdan ortiq ishlagan. Qayd etilishicha, ular jahon chempionati bilan bog‘liq loyihalarda bir xil sharoitda ishlaydi. Aprel oyida JCH-2022 tashkilotchilari pudratchilar tomonidan ishchilarni ekspluatasiya qilishini tan oldi.

O‘tgan yili Guardian gazetasida chop etilgan maqolada Hindiston, Pokiston, Nepal, Bangladesh va Shri-Lankadan kelgan 6751 mehnat muhojirlari 2010 yildan beri halok bo‘lib kelgan. Matnda aniqlik kiritilishicha, jami qurbonlar soni bundan ham ancha yuqori, chunki ma’lumotlarda boshqa mamlakatlardan kelgan muhojirlarning o‘limi haqidagi ma’lumotlar yo‘q. Shundan so‘ng Norvegiyaning bir nechta klublari Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga qarshi chiqishdi va ba’zi Yevropa jamoalari maxsus promo-harakatlar bilan bog‘liq muammoni eslatishdi.

 

Qatardagi jahon chempionatini yana kimlar tanqid qildi? Mart oyida Gollandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Lui van Gal tashkilotchilarni tanqid ostiga oldi: “Biz bu mamlakatda shunday o‘ynashimiz kulgili – FIFA bu borada nima deydi? - futbolni rivojlantirish bilan bog‘lashadi albatta. Va ular buni ushbu mamlakatda turnir tashkil qilish orqali amalga oshiradilar. Lekin bu muhim emas. Biznes pulda, tijorat manfaatlarida. FIFA uchun bu muhim. Nima uchun men o‘z tajribam bilan FIFA komissiyalariga a’zo emasman deb o‘ylaysiz? Chunki men hamisha bunday tashkilotlarga qarshi chiqqanman. Bu to‘g‘ri emas. U inson huquqlari haqida qayg‘urmaydi". Shundan so‘ng Garet Sautgeyt ham o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi: "Muxlislar bunda o‘zlarini noqulay his qiladilar, stadionlar qurilishi sharoitidan qo‘rqishadi va inson huquqlaridan xavotir olishadi. Bu bayonot Qatarning e’tiboridan chetda qolmadi. JCH-2022 tashkiliy qo‘mitasi rahbari Nosir Al-Xater murabbiyga qattiq javob qaytardi: "Men so‘ramoqchimanki, Angliya terma jamoasidan kim Qatarda bo‘lgan? Murabbiyning o‘zi Qatarda bo‘lganmi? Uning hukmlari va ommaviy bayonotlari u o‘qiganlariga asoslanganmi? U o‘z so‘zlarini faktlarga asoslanib ayta oladimi? Bunday nufuzli inson o‘z so‘zini juda ehtiyotkorlik bilan aytishi kerak emasmi? Uning uchun obro‘ muhim emasmi? Siz bu yerga kelishingiz, ishchilar bilan gaplashishingiz, bunday bayonotlar berishdan oldin bu mamlakatda qolish ularga nima olib kelishini tushunishingiz kerak. OAVga tanish bo‘lgan alohida epizodlar bor, lekin sizni ishontirib aytamanki, agar u kelib ko‘pchilik ishchilar bilan gaplashsa, ular farzandlarini universitetga qanday o‘qishga kirganliklari, oilalar uchun qanday uy-joy qurganliklari haqida aytib berishadi.

 

Bu yerda ishlash har qanaqasiga odamlarning moliyaviy sharoitlarini yaxshilaydi. Masalaning bu tomonini esa hech kim eshitmaydi. Shunday ekan, Sautgeyt mening fikrimni yaxshilab tinglashi kerak. Unga ishonish shart emas, lekin hech bo‘lmaganda turli xil fikrlar va madaniyatlar borligini tushunishga harakat qilishi kerak. Ideal davlat mavjud emas. Agar kimdir kelib, ideal mamlakatdan kelganman, desa, bu yolg‘ondan boshqa narsa bo‘lmaydi. Hozir futbol biznesga aylangan", — deydi tashkiliy qo‘mita rahbari.

Kiritildi: 06:06, 30.09.2022.
O'qildi: 2958 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.