Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/11 01:00 Bavariya 1-0 Benfika
07/11 01:00 Feyenoord 1-3 Zalsburg
07/11 01:00 Srvena Zvezda 2-5 Barselona
07/11 01:00 Inter 1-0 Arsenal
07/11 01:00 PSJ 1-2 Atletiko
07/11 01:00 Sparta 1-2 Brest
07/11 01:00 Shtutgart 0-2 Atalanta
07/11 13:00 Sidney 0-1 Sanfrechche Xirosima
07/11 15:00 Sebu 2-9 Muangtong Yunayted
07/11 15:00 Chonbuk Motors 1-0 Selangor
07/11 16:00 OKMK 2-2 Olimpik
07/11 17:00 Istern 1-2 Kaya–Iloilo
07/11 17:00 Lion Siti Seylors 2-3 Persib
07/11 17:00 Jechjiang 1-2 Port
07/11 18:15 Dinamo 1-2 Lokomotiv
08/11 00:45 Jenoa - Komo
08/11 18:15 Bunyodkor 1-0 Metallurg
09/11 00:45 Lechche - Empoli
09/11 01:00 Rayo Valyekano - Las-Palmas
09/11 16:00 Navbahor - Paxtakor
09/11 17:00 Nasaf - So‘g‘diyona
09/11 18:00 Real Madrid - Osasuna
09/11 18:15 Surxon - Neftchi
09/11 19:00 Venetsiya - Parma
09/11 20:00 Kristal Pelas - Fulhem
09/11 20:00 Vest Xem - Everton
09/11 20:00 Vulverhempton - Sautgempton
09/11 20:00 Brentford - Bornmut
09/11 20:15 Vilyarreal - Alaves
09/11 22:00 Kalyari - Milan
09/11 22:30 Brayton - Manchester Siti
09/11 22:30 Espanyol - Valensiya

Qatar-2022. Jahon chempionati haqida siz bilmagan ma’lumotlar jamlanmasi

Qatar-2022. Jahon chempionati haqida siz bilmagan ma’lumotlar jamlanmasi

Baho:
+ | -

Qatardagi mundialning start olishiga 50 kun vaqt qolmoqda. Bu muddat qisqargani sayin, turnirga bo‘lgan qiziqishlar ham oshib boraveradi. Fransiya Rossiya maydonlarida zafar quchgandi. Shu sabab ular amaldagi chempion maqomida harakat qiladi. Qolaversa, bir qancha mamlakatlar ham bosh sovrin uchun jiddiy da’vo qilmoqda. Quyida Qatardagi Jahon chempionati haqida siz bilmagan ma’lumotlar jamlanmasini taqdim etamiz.

 

Bu yilgi Jahon chempionati O‘rta Sharqda o‘tayotgan ilk va eng yirik musobaqa sanaladi. Mintaqaning o‘ta issiqligi sabab, turnir noyabr-dekabr oylariga ko‘chirilgan.

Musobaqa mezbonlari JCHdagi yagona debyutant jamoa sanaladi va 20 noyabr kuni Ekvadorga qarshi maydonga tushadi.

Ushbu mundial 32 ta jamoa qatnashadigan musobaqaning so‘nggisi bo‘ladi. 2026 yildan boshlab FIFA jamoalar sonini 48 taga oshiradi (AQSH-KANADA-MEKSIKA).

Jahon chempionatiga tashrif buyurgan muxlislar kuniga faqat 19 soat davomida alkogolli ichimliklar iste’mol qilishi mumkin xolos. Bu ichimliklarning har bir idishi 8 funtdan sotiladi.

Qatarda noyabrning o‘rtacha harorati 26 darajani tashkil etadi. Dekabrda esa harorat 21 darajagacha pasayadi.

Har bir jamoa jami 26 ta futbolchi bilan turnirga kelishi kerak. Shulardan 15 tasi zaxira o‘yinchilari bo‘ladi.

Turnir o‘tadigan 8 ta stadion atigi 48 mil masofaga joylashtirilgan. Ularning eng shimoli "Al-Bayt", eng janubi esa "Al-Janub" stadioni bilan tugaydi.

Uels terma jamoasi o‘z tarixida ikkinchi marta JCHda ishtirok etmoqda. Ular so‘nggi bor 1958 yil, bundan 64 yil oldin, Pele Shvesiya darvozasi ishg‘ol qilganida musobaqa jadvalida bo‘lgan.

Dunyo bo‘ylab ko‘plab muxlislar kichkina davlatga oqib kelishi sababli, Qatardagi mehmonxonalar narxi o‘ta baland bo‘ladi va bir kechaga 3000 funtdan tushadi.

Jahon chempionatining final chiptasida oltin kukuni bo‘ladi.

Qatardagi turnirning eng oddiy chiptasi narxi 529 funtdan 1408 funtga ko‘tarilgan.

32 ta jamoa bir sovrin uchun kurash olib boradi. O‘sha sovrin - oltin kubok 1974 yilda italiyalik sangtarosh Silvio Gassaniga tomonidan ishlangan. Uning bo‘yi 36,5 santimetrni, og‘irligi esa 6,175 grammni tashkil etadi.

Turnirning eng yirik stadioni "Lusail" o‘yingohi bo‘lib, u Qatar poytaxti Dohadan 23 kilometr shimolda joylashgan. Ushbu stadionda mundialning jami 10 ta o‘yini bo‘lib o‘tadi. Ular ichida final bahsi ham mavjud.

Qatarga 1 milliondan ortiq sayyoh kelishi kutilmoqda. Turnir uchun esa jami 2,45 million dona chipta sotildi.

Qatarning aholisi soni 2,5 million kishi. Ular 11 ming kilometr-kvadrat hududda istiqomat qiladi.

2022 yilgi mundialning umumiy sovrin jamg‘armasi 385 million funtni tashkil etadi. Shundan 36 million funtni finalda g‘alaba qozongan jamoa oladi.

Bu yilgi Jahon chempionatini dunyo bo‘ylab jami 5 milliarddan ortiq inson tomosha qilishi kutilmoqda. Bu degani, sayyora aholisining uchdan ikki qismidir.

Qatar yirik turnirga tayyorgarlik ko‘rish uchun 185 milliard funt sarfladi. Shundan 33 milliard funt Doha shahrida metro qurish uchun ketgan. 14 milliard funt "Hamad Xalqaro AYEroporti"ga, 6 milliard esa stadionlar qurishga sarf etilgan.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 13:54, 05.10.2022.
O'qildi: 5016 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.