Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Erling Xolandni qanday to‘xtatish mumkin? Norvegiyalik hujumchiga qarshi ishlaydigan uch omil

Erling Xolandni qanday to‘xtatish mumkin? Norvegiyalik hujumchiga qarshi ishlaydigan uch omil

Baho:
+ | -

Ayni damda "Manchester Siti" hujumchisi, Xolandni to‘xtatish imkonsiz ishga aylangan. Xarholda, ko‘pchilikka shunday tuyulmoqda. Uni qanday zararsizlantirish mumkin? Mana shu savol hozirda ko‘plab murabbiy hamda himoyachilarni o‘ylantirayotgani bor gap. Quyida 22 yoshli futbolchini to‘xtatish yo‘llariga nazar tashlaymiz.

"Manchester Siti" 9 ta APL bahsida ishtirok etishga ulgurdi. Xoland esa allaqachon 3 ta o‘yinda xet-trik qayd etgan. Bu orqali u rekord natijaga erishdi. Hozirga qadar 52 million funtlik hujumchi "shaharliklar" safida 12 ta o‘yinda jami 20 ta golga mualliflik qildi. Xolandning yangi mavsumda qarshi o‘ynab, gol ura olmagan klubi faqat "Bornmut" edi. Xo‘sh, uni to‘xtatishning iloji bormi?

Xoland va jamoadoshlari o‘rtasidagi aloqani uzib qo‘yish

Qaysidir elektr jihozini ishdan chiqarish uchun, uni eng kamida tok manbayidan uzish talab qilinadi. Futbolda ham shunday. Xolandni "zararsiz" hujumchiga aylantirish uchun uni jarohatlash shart emas. Shunchaki, u va sheriklari o‘rtasidagi bog‘liqlikni iloji boricha bo‘g‘ish kerak. Bu haqida Gvardiola ham fikr bildirgan edi. Ha, bu oson bo‘lmaydi. Ammo buni uddalagan jamoalar albatta, "shaharliklar"ga qarshi qoniqarli natijaga erishishi mumkin.

Jismoniy faollikka imkon berish orqali ijodkorlikni to‘sish

Xoland "Manchester Siti"dagi davrida to‘pga eng kam tegib, ko‘p foyda keltirgan hujumchiga aylandi. 22 yoshli hujumchi to‘p bilan kam muomalada bo‘ladi. Ammo gol urish vaziyati kelganda undan foydalanadi. Xoland to‘pga o‘rtacha 13,6 marta tegib, gollar urmoqda. Bu borada ikkinchi o‘rinni Jeymi Vardi egallaydi. U har 50 ta tegishda bitta gol uradi. Ko‘rib turibsizki, farq o‘ta katta. Ammo Xoland nafaqat gollar urmoqda, balki assistlar muallifiga ham aylanmoqda. Shu nuqtayi nazardan Xolandning ijodkorlik qobiliyatiga e’tibor berish kerak. U maydonda jismoniy faol bo‘lishi, shu bilan bir paytda to‘pni sheriklariga maqsadli yetkazib bera olmasligi kerak. Bu uchun esa uni ko‘pchiliklashib qo‘riqlash talab etiladi.

Xolandning tezligini nazorat qilish

Xolandning ustun taraflaridan biri bu uning standart vaziyatlarda foydali ekanidir. "MYU"ga qarshi bahs buni yaqqol ko‘rsatib berdi. Shu sabab uzatmalar vaqtida raqib himoyachilari Xolandga o‘ta yaqin o‘ynashi lozim. Bu esa hujumchining tez qochib ketishi va havodan uzatilgan to‘pga bosh bilan zarba berishga xalaqit qiladi. Albatta, vaziyat bunda himoyachilardan jismoniy optimallikni talab etadi.

Mana shunday omillar orqali Xolandning ultra-mahsuldorligiga chek qo‘yish mumkin bo‘ladi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 13:34, 10.10.2022.
O'qildi: 5621 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.