Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Pro liga. “Andijon” 3-o‘rinda borayotgan “Buxoro”ni qabul qilib, g‘alabaga erishdi

Pro liga. “Andijon” 3-o‘rinda borayotgan “Buxoro”ni qabul qilib, g‘alabaga erishdi

Baho:
+ | -

Pro liganing 21-turida “Andijon” jamoamiz 3-o‘rinda borayotgan “Buxoro”ni qabul qildi.

Qiziq jihati, 18-tur doirasida 10 sentyabr kuni “Andijon” safarda “Buxoro” maydonida maydonga tushib 1:2 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritib qaytgandi. Buni qarangki, oradan roppa-rosa bir oy o‘tib, bugun – 10 oktyabr kuni yana ushbu klublar endi “Bobur Arena”da bellashishdi va bu safar ham “Andijon” 2:1 hisobidagi g‘alabasini takrorladi.

O‘yin diskvalifikasiya tufayli muxlislarsiz o‘tkazilishi aniq edi. Shuning uchun “Bobur Arena” ishqibozlarsiz huvillab qoldi. Ammo, endi “Andijon” keyingi uy uchrashuvidan yana tomoshabinlar ko‘z o‘ngida o‘ynay oladi.

Bevosita uchrashuvga to‘xtaladigan bo‘lsak, Abdurahmon Komilovning qanotdan zargarona to‘p uzatishidan keyin Bogdan Milich boshi bilan Nikola Stoshich darvozasini ishg‘ol qildi. Goldan so‘ng andijonliklarda yana qator golli imkoniyatlar bo‘ldi. Biroq Suhrob Berdiyev va Vladimir Bubanyaning zarbalarini darvozabon qiyinchilik bilan qaytarib qoldi.

“Buxoro” ikkinchi bo‘limda vaziyatni o‘zgartirish uchun o‘yinni kuchaytirishga urindi. Lekin uchrashuv oxirlarida Shahboz Erkinov o‘zining shedevr goli bilan o‘yin taqdirini hal qildi. Faqat hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtning oxirgi soniyasida Temur Ismoilov hisobni qisqartirdi. Ma’lumot uchun, bu futbolchi Buxorodagi o‘yinda ham gol urgandi.

“Andijon” yana bir bor jiddiy raqib ustidan muhim g‘alabani qo‘lga kiritib, Superligaga yanada yaqinlashdi.

Viktor Kumikov shogirdlarining navbatdagi o‘yini 16 oktyabr kuni safarda “Xorazm”ga qarshi o‘tadi.

“Andijon” – “Buxoro” – 2:1 (1:0).

10 oktyabr. Andijon. “Bobur Arena” stadioni.

Hakamlar: Ravshan Abduvohidov, Daler Tillayev, Amir Galeev.

Nazoratchi: Ma’mur Saidqosimov.

Komissar: Zohirshoh Akramxonov.

“Andijon”: Eldor Adhamov, Abduvohid G‘ulomov, Abdurahmon Komilov, Vladimir Bubanya, Ildar Mamatkazin, Muhammadkarim Toirov (Ahror Inoyatov, 88), Goron Miloyko, Farhod Sohibjonov (Sherzod Esonov, 78), Suhrob Berdiyev (Azamat Isroilov, 88), Shahboz Erkinov (Malikshoh Rasulov, 88), Bogdan Milich (Ahmadjon Anvarov, 82).

“Buxoro”: Nikola Stoshich, Obid Jo‘raboyev, Mirjalol Jumayev, Rustam Abduhamidov (Sandey Song Longji, 70), Abduholiq Qurbonov, Fayzulla Jumanqo‘ziyev (Temur Ismoilov, 82), Humoyun Sherbo‘tayev, Jasur Azimov (Siroj Meliyev, 70), Jamoliddin Ubaydullayev, Humoyunmirzo Iminov, Ro‘zim Ahmedov.

Gollar: Bogdan Milich, 18 – 1:0. Shahboz Erkinov, 85 – 2:0. Temur Ismoilov, 90+5 – 2:1.

Ogohlantirishlar:
Suhrob Berdiyev, 49 – Obid Jo‘raboyev, 42.

Manba: "Андижон" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 00:00, 11.10.2022.
O'qildi: 1313 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.