Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Ris Jeyms: «O‘z qobiliyatim va yaxshi zarbam borligini bilaman»

Ris Jeyms: «O‘z qobiliyatim va yaxshi zarbam borligini bilaman»

Baho:
+ | -

Yaqinda «Chelsi» bilan yangi - olti yillik shartnoma imzolagan Ris Jeyms «ko‘klar» rasmiy saytiga intervyu berdi.

 Unda qanot himoyachisi kelajakda klubi bilan nimalarga erishmoqchi ekanligi haqida gapirib berdi, shuningdek, faoliyatidagi ayrim muhim voqealarini esladi. «Chelsi» akademiyasidan chiqqan Jeyms o‘zining ajoyib o‘yinlari va jamoa uchun ortib borayotgan ahamiyati uchun sentyabr oyi boshida yangi uzoq muddatli shartnoma bilan taqdirlandi, ya’ni u olti yoshida «ko‘klar» bilan boshlagan sayohati endi kamida 2028 yilgacha davom etadi.

- Yangi olti yillik shartnoma imzoladingiz. O‘sha paytda siz uchun eng katta qiyinchilik nima edi?

- Yangi shartnoma imzolash, barqaror ekanligingiz va bu yerda uzoq vaqt bo‘lishingizni bilish har doim yoqimli. So‘nggi bir necha yil yaxshi o‘tdi, lekin biz mag‘lub bo‘lgan finallar ham bo‘ldi. Har bir musobaqada g‘alaba qozonishni istaymiz va agar finalga chiqsak, oxirigacha bormasligimizga hech qanday sabab yo‘q.

- Yaqin istiqbol haqida nima deyish mumkin? Bu mavsumdagi asosiy shaxsiy maqsadingiz nima?

- Bu mavsumda men uchun eng muhimi - jarohat olmaslik, formamni saqlab qolish. O‘ylaymanki, o‘tgan mavsumni yaxshi o‘tkazdim - statistikalarim, gollarim va samarali uzatmalarim, o‘yinlarim eng yaxshisi edi - lekin 3-4 oyni jarohat sabab o‘tkazib yubordim - bu juda uzoq muddat. Shuning uchun o‘ylaymanki, agar maydonda qolsam, o‘tgan mavsumdagi natijalarimni yaxshilay olaman. Albatta, jarohat olganingizda bu qiyin bo‘ladi. Menimcha, qancha vaqtga ketganingizni anglagan birinchi kunlar eng qiyini bo‘ladi. Keyin ishlay boshlaysiz va holatga ijobiy tomondan qaraysiz. O‘z oldingizga maqsad qo‘yishga harakat qilasiz, lekin men buni o‘tgan mavsumda amalga oshirdim, juda erta qaytdim va yana jarohat oldim. Bu narsalar kishini juda asabiylashtiradi - erta qaytish, ke­yin yana uch haftaga ketish bu - biz xohlagan narsa emas.

- Shartnoma imzolashdan oldinroq singlingiz Loren termada debyut qildi va siz ikkingiz Angliya terma jamoalarida o‘ynagan dastlabki aka-singil bo‘ldingiz...

- Biz ulg‘ayganimizda ikkalamiz ham bir kun kelib «Chelsi» va Angliya terma jamoasida o‘ynashni orzu qilgandik. Shu kunga nasib qilgan ekan, bu katta yutuq, biz doimo intilgan orzu edi. Men uning qanchalar mehnat qilganini bilaman, umuman, ikkalamiz uchun ham oson bo‘lmadi. Oxirgi ikki yil ichida u ham juda ko‘p jarohat olgan, demak, bugungi yutuqqa yetishi uchun ko‘p mehnat talab qilingan.

- «Chelsi» safida siz uchun eng yaxshi o‘yin qaysi bo‘lgan va nima uchun?

- O‘tgan mavsumda «Yuventus»ni 4:0 hisobida mag‘lub etgandik. Shu juda yaxshi jamoaviy o‘yin bo‘lgandi va o‘zim uchun ham yaxshi bo‘ldi. Xatolar sonini cheklab, o‘yinga katta ta’sir o‘tkazsangiz, gol urib, gol o‘tkazib yubormaysiz, menimcha, bu yaxshi o‘yin. O‘ylaymanki, bunda juda ko‘p omillar bor va ularning barchasi rol o‘ynaydi.

- «Chelsi» uchun ajoyib gollar urgansiz. Qaysi biri sizga ko‘proq yoqadi?

- «Ayaks» bilan 4:4 hisobida durang o‘ynagan uchrashuvimizdagisi. O‘zimni juda yaxshi his qilgandim, o‘shanda. Bu mening Chempionlar ligasidagi birinchi golim edi va o‘yin ham aql bovar qilmas darajada kechgandi. Biz 4:1 hisobida yutqazayotgandik, lekin agarda o‘yinga qaytib durang o‘ynaymiz, deb aytsam, ustimdan kulishardi. 

- O‘tgan mavsum «Chelsi» uchun 6ta gol va 10ta assist qayd etdingiz - bu kattalar futbolidagi eng yaxshi natijalaringiz.

- Men o‘z qobiliyatim va to‘pga qanchalik yaxshi zarba bera olishimni bilaman. Imkoniyat bo‘ldi deguncha, doimo gol urishga harakat qilaman. Hamisha gol urish yoki golli uzatma berish uchun o‘zimga yaxshi imkoniyat yaratishga harakat qilaman. Avvallari qanot himoyachilari shunchaki qanot himoyachisi edi, endi esa ulardan qo‘shimcha o‘yinchi sifatida foydalanishga harakat qilishyapti.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 21:29, 11.10.2022.
O'qildi: 1271 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.