Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Messi biz o‘ylagandek kamtar futbolchi emas

Messi biz o‘ylagandek kamtar futbolchi emas

Baho:
+1 | -

XXI asrning asosiy futbol bahsi kim yaxshiroq, Messi yoki Ronaldu? Ko‘pchilik argentinalikni nafaqat oyoqlaridagi sehri, balki kamgapligi tufayli ham yaxshi ko‘radi: g‘azablangan Krishtianu kamtarona Leoga qaraganda tez-tez janjallashadi.

Biroq, ba’zida Messi haqida unchalik yoqimli bo‘lmagan faktlar paydo bo‘ladi. Ulardan biri uning tarjimai holida "Real Madrid"ning sobiq zaxira darvozaboni Yerji Dudek tomonidan ta’kidlangan. Polyak 2007 yildan 2011 yilgacha Madrid klubida to‘p tepgan va «qaymoqranglilar» tarkibida bor-yo‘g‘i 12 ta o‘yin o‘tkazgan, ammo, aftidan, u ko‘p narsani eshitgan.

Dudek Messi, Ronaldu va Madridning yana bir afsonasi Raulga qisqacha ta’rif berdi. Agar ko‘p odamlar Krishning agresiyasi haqida allaqachon bilgan bo‘lsa, Leo uning oldida ko‘pincha "oppoq" ko‘ringan.

Krishtianu va Raul haqida: “Raul juda takabbur, lekin umuman olganda oddiy yigit. Krishtianu juda egosentrik va g‘alaba qozonish istagida yonadigan futbolchi. Ishonchim komilki, u ishtirokisiz 5:0 hisobidagi g‘alabadan ko‘ra 1:0 hisobidagi g‘alaba va o‘sha golni ham o‘zi urishini afzal ko‘rgan bo‘lardi. Agar bu omilni inobatga olmasangiz, Krishtianu ham oddiy yigit, lekin men uni tashqaridan turlicha gapirishlari mumkinligini tushunaman.

Messi haqida: “U o‘zini juda provokasion tutadi, xuddi Xosep Gvardiola va men ularga qarshi o‘ynagan paytlarimdagi butun «Barselona» kabi. Ular har doim bizni bezovta qilishga tayyor edilar va ko‘pincha ular muvaffaqiyatga erishdilar. Men Messining Pepe va Serxio Ramosga nisbatan juda qo‘pol so‘zlarni aytganini ko‘rganman va eshitganman. Shu darajadagi qo‘pol so‘zlar Messi kabi xotirjam futbolchining og‘zidan chiqqaniga ishongingiz kelmaydi».

Albatta, bu 2011 yildan keyin, Dudek Madridni tark etganidan keyin ham davom etgan. Shunday holatlardan biri 2017 yilning yozida ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi. Messi jarima zarbasini tepishga hozirlik ko‘rayotgandi, biroq Ramos to‘pni unga oshirmadi. Shunda Leo Serxioni qo‘pol so‘zlar bilan haqoratladi.

Darvoqe, Leo nafaqat «Real» futbolilarini haqoratlagan. Quyida Messi o‘z hurmatini yo‘qotgan yana bir-nechta epizod:

«Liverpul»ning sobiq himoyachisi va britaniyalik teleekspert Jeymi Karrager: "Efirlarning birida men Messining transferi «PSJ» uchun yaxshi sarmoya emasligini aytdim. Shundan so‘ng men ijtimoiy tarmoqlarga kirib, Lioneldan xabarni ko‘rdim. Men matnni to‘liq keltirmayman, lekin u meni xayvon deb atadi. Leo, sen tarixdagi eng buyuk futbolchisan, sen bilan solishtirganda, men maydonda xayvon bo‘lishim mumkin. Gaplaringdan xafa bo‘lmayman”.

«Malaga»ning sobiq himoyachisi Velington: Messi meni juda yomon so‘zlar bilan xaqorat qilgan. Shuning uchun men uning og‘zini yopmoqchi bo‘lganman”.

Messi «Barselona»ning «Real»ga qarshi o‘yinida Alexandro Xose Ernandes hakamiga: “Sen axmoqsan! Sen har doim shunday qilasan, axmoq. Biz ligada g‘alaba qozonib bo‘ldik va endi bu o‘yinni ularga olib berishing shart emas”.

Messi «Atletik» futbolchisiga ham juda qo‘pol so‘zlar bilan murojaat qilgan.

Messi - o‘tmishda «Gimnastika» futbolchisi Ribellesga: "Meni tepishni bas qil, ahmoq".

To‘g‘ri bunday xolatlar har qanday futbolchida uchraydi. Ammo Leo yoki Krishtianu kabi yulduz futbolchilarning gap-so‘zlari darrov omma e’tiboriga tushib, ularning "xeyter"lariga as qotadi. Bunday voqealar futbolchilarning buyukligiga jiddiy ta’sir o‘tkazmaydi. O‘yindagi voqelik kutilmagan hodisalarga sabab bo‘ladi. 

 

Manba: www.sport24.ru

Жуда қўпол сўзлар ўрнида "аҳмоқ" сўзи ишлатилган.

Kiritildi: 18:42, 12.10.2022.
O'qildi: 13259 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.