Ngolo Kante jarohati sabab JCH-2022ni o‘tkazib yuboradi.
“Chelsi” va Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi son qismidagi jarohat tufayli operasiya qilindi. 31 yoshli futbolchining tiklanishi 4 oy davom etadi.
Shu tariqa, Kante 2022 yilgi Jahon chempionatida ishtirok eta olmaydi. Turnir 20 noyabrdan 18 dekabrga qadar Qatarda bo‘lib o‘tadi.
Yarim himoyachi joriy mavsum Premyer-ligada ikki bor maydonga tushdi. U 14 avgustdan beri maydonga tushmayapti.