Futbol bo‘yicha Jahon chempionati 20 noyabrdan 18 dekabrga qadar Qatarda bo‘lib o‘tadi. Bu musobaqaga mezbonlik qilgan uchinchi Osiyo davlatidir. "Stadion.uz" mundiallar tarixi haqida qisqa va qiziqarli ma’lumotlarni berib borishda davom etadi. Bugun biz barcha mezbonlar va qiziqarli rekordlar haqida gaplashamiz.
Qaysi davlatlar futbol bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qilgan?
Ro‘yxat bo‘yicha:
Urugvay - 1930 yil;
Italiya - 1934, 1990;
Fransiya - 1938, 1998;
Braziliya - 1950, 2014;
Shveysariya - 1954 yil;
Shvesiya - 1958 yil;
Chili - 1962 yil;
Angliya - 1966 yil;
Meksika - 1970 yil;
Germaniya - 1974, 2006;
Argentina - 1978 yil;
Ispaniya - 1982 yil;
Meksika - 1986 yil;
AQSH - 1994 yil;
Koreya va Yaponiya - 2002 yil;
Janubiy Afrika - 2010 yil;
Rossiya - 2018 yil;
Qatar – 2022.
Ushbu ro‘yxatga asoslanib, faqat to‘rtta davlat ikki marta Jahon chempionatiga mezbonlik qilgan – Italiya, Fransiya, Braziliya va Germaniya. Va faqat bir marta turnir ikki mamlakatda o‘tkazilgan 2002 yilda Janubiy Koreya va Yaponiyada.
Jahon chempionatlari tarixida mezbon mamlakat o‘zgargan holat ham bo‘lgan. Bu 1986 yilda sodir bo‘lgan. Dastlab turnirga Kolumbiya mezbonlik qilishi belgilangan. Ammo FIFA formatni o‘zgartirib, ishtirokchilar sonini ko‘paytirdi - 16 tadan 24 taga. Kolumbiya iqtisodiy muammolar tufayli bunday Jahon chempionatini o‘tkaza olmasdi. Keyin u Meksikaga ko‘chirildi.
Jahon kubogi g‘oliblari
Qatar futbol bo‘yicha 22-jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. 20 yil ichida birinchi marta unga Osiyo davlatlaridan biri mezbonlik qilmoqda.
Jahon chempionatlari tarixida sakkizta turnir g‘olibi bo‘lgan:
Mutlaq rekordchi Braziliya hisoblanadi. U beshta chempionlik unvoniga ega. Oxirgi marta “pentakampeonlar” 2002 yilda turnirda zafar quchishgan. Undan keyingi eng yuqori natija JCH-2014da to‘rtinchi o‘rin;
To‘rt martadan Jahon kubogini Germaniya va Italiya terma jamoalari qo‘lga kiritgan;
Argentina, Fransiya va Urugvay termalarida ikkitadan g‘alaba bor. Fransuzlar amaldagi chempion, ular Rossiyada bo‘lib o‘tgan 2018 yilgi jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdilar;
Britanlar va ispanlar bir martadan jahon chempioni bo‘lishdi. Ispaniya 2010 yilda g‘alaba qozongan. Angliya 1966 yilda chempion bo‘lgan.
Jahon chempionatining eng yaxshi to‘purarlari:
1. Miroslav Kloze - 16 ta gol.
2. Ronaldu - 15.
3. Gerd Myuller - 14.
Kloze so‘nggi jahon chempionatiga 2014 yilda 36 yoshida borgan. Turnir boshlanishidan oldin uning hisobida 14 ta gol bor edi, u chempionatdan oldin shunday degan edi: “Agar gollar rekordini yangilamasam, umuman tashvishlanmayman. Men uchun boshimni baland ko‘tarib ketish muhim. Bu haqda gapirganda, men jahon chempionatida g‘alaba qozonishni nazarda tutyapman. Bizda g‘alaba qozona oladigan kuchli jamoa bor”.
Natijada Kloze JCH-2014da ikkita gol urdi. Birinchi to‘p Germaniyaga guruhda Gana bilan durang o‘ynab qolishga yordam berdi. Ikkinchi gol esa Braziliya darvozasiga kiritildi.
Jahon chempionatining boshqa rekordlari
Bitta o‘yinda eng ko‘p gol urgan: Oleg Salenko 1994 yilgi jahon chempionatida Kamerunga 5 ta gol urgan;
Eng yirik g‘alaba: Vengriya 1982 yilda Salvadorni 10:1 hisobida mag‘lub etgan;
Eng tezkor gol: 2002-yilda Janubiy Koreya darvozasiga Xoqon Shukur uchrashuvning 11-soniyasida urgan gol;
Terma jamoalar o‘rtasida eng ko‘p g‘alaba qozongan: Braziliya - 70;
Eng ko‘p finalda o‘ynagan: Germaniya - 8;
Futbolchilar orasida eng ko‘p unvonlar: Pele - 3;
Murabbiylar orasida eng ko‘p unvonlar: Vittorio Pozzo - 2.