Kataloniyaning “Barselona” klubi Londonning “Tottenxem” klubiga o‘z himoyachisi Kleman Lengleni sotishi mumkin. Bu mavsumda fransiyalik himoyachi londonliklar safida ijara asosida o‘ynamoqda.
Football Espana nashri xabariga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" agar "shporlar" uning transferi uchun 10-15 million yevro to‘lashsa, Lengleni qo‘yib yuborishga tayyor.
Kleman 2018 yilda "Barselona"ga o‘tgan edi. Uning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan.
Himoyachi joriy mavsumda “Tottenxem” safida 7 ta o‘yinda maydonga tushdi.