Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Italiya JCH-2022da Eronning o‘rnini egallashi mumkin

Baho:
+ | -

Dominikaning BMTdagi doimiy vakolatxonasi elchisi Paolo Zampolli FIFA prezidenti Janni Infantinoga Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon Chempionatida Eron terma jamoasini Italiya bilan almashtirishni taklif qildi.

"Yana bir bor dunyo sizdan Eronni Jahon Chempionatidan diskvalifikasiya qilish uchun zudlik bilan chora ko‘rishingizni talab qilmoqda. Siz sobiq bosh vazir Boris Jonson (Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri) bilan birga Superligaga qarshi chiqdingiz. Milliardlab muxlislar uchun dunyo salbiy siyosiy xabarlar buluti ostida qolmasligi lozim. Bu siz va shayx Tamim bin Hamad ol Soniy qilgan g‘alabali ishlarga ta’sir qilishi mumkin.

Shaxsan men va butun dunyo Eronning diskvalifikasiyasidan so‘ng Italiya Angliyaga qarshi o‘ynashini istaymiz. Tushunishim bo‘yicha, Italiya FIFAning mundialga yo‘llanma olmagan terma jamoalar reytingida birinchi o‘rinda turibdi", — deya taklif kiritdi Paolo Zampolli.

Avvalroq Eronlik bir guruh futbolchi va sportchilar mamlakat terma jamoasini JCH—2022 dan chetlatishni so‘rab, FIFAga murojaat qilgani xabar qilingandi.

Qatarda bo‘lib o‘tadigan JCH-2022 20 noyabrdan 18 dekabrga qadar davom etadi. Eron terma jamoasi Angliya, AQSH va Uels bilan bir guruhdan joy olgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:28, 28.10.2022.
O'qildi: 6967 marta.
Fikrlar: 23 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик