Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/01 22:30 Kristal Pelas 1-1 Fulhem
01/01 22:30 Liverpul 0-0 Lids
02/01 01:00 Brentford 0-0 Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend 0-0 Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari - Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano - Xetafe
03/01 16:30 Komo - Udineze
03/01 17:30 Aston Villa - Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta - Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo - Parma
03/01 19:00 Jenoa - Piza
03/01 20:00 Brayton - Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton - Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal

Omadsiz inglizlar. Ikki mundial orasida nima o‘zgardi?

Omadsiz inglizlar. Ikki mundial orasida nima o‘zgardi?

Baho:
+ | -

Angliya o‘tgan Jahon chempionatida yarim finalgacha yetib borgan edi. Hozirda asosiy tarkibdagi futbolchilardan ayrimlarining faoliyati ancha orqaga ketdi. Quyida o‘sha futbolchilar haqida gap boradi.


Jek Batlend

2018 yilda Angliya terma jamoasi darvozasini qo‘riqlash borasida katta muammo bor edi. Savol esa bitta: ishonch Jordan Pikfordga bildiriladimi yoki Jek Batlendga?
Tez orada bu masala yechildi va Pikford asosiy darvozabon bo‘ldi. "Everton" posboni ishonchni oqladi. U oradan besh yil o‘tsa hamki, Angliyaning ishongan futbolchisi bo‘lib turibdi. APLda ham Pikfordning ko‘rsatkichlari yuqori. Ammo Batlend uchun hammasi teskari kechdi. 2018 yilda "Stok Siti" bilan Chempionshipga yo‘l olgan futbolchi, zaxirada qolib ketdi. Hozir esa uni hech eslamaydi.

Denni Rouz

Rouz Rossiyada Angliya bilan asosiy tarkibda jang qilgan. Ammo oradan bir yil o‘tib, uning "Tottenxem"dagi ishlari ortga ketdi. Futbolchi ko‘plab irqiy kamsitishlarga uchradi. Qanot himoyachisining taqdiri esa noma’lum edi. Biz bugun katta maydonlarda uning ismini eshitmaymiz.

Dele Alli

Dele Rossiyadagi mundialga Sautgeytning asosiy tarkibida yo‘l oladi. U yerda o‘zini ko‘rsatadi. Shundan keyin "Tottenxem" bilan yangi, 6 yilga mo‘ljallangan bitim tuzadi. Ammo bu rivojlanishga olib kelmadi. Dele Alli o‘z formasini yo‘qotib qo‘ydi. Mourinyo uni zaxirada qoldirardi. Orada "PSJ" unga qiziqish bildirdi. Biroq, kech edi. Uning manzili "Everton" bo‘ldi. Hozir esa Alli APL futbolchisi emas.

Jessi Lingard

Sobiq "MYU" hujumchisi xuddi Dele Alli singari Sautgeytning ishongan futbolchisi bo‘lgan. U Rossiyada Panama, Kolumbiya va Xorvatiya bilan bahslarda to‘liq maydonda edi. Ammo mundialdan keyin uning "Manchester Yunayted"dagi ishi yaxshi kechmadi. Xususan, u 2019-20 yilgi mavsumda jami 9 ta APL bahsida maydonga tushdi. Keyingi mavsumning birinchi yarmini o‘tkazib yubordi. "Vest Xem"ga ijaraga berildi. Yana qaytib keldi. Oxir-oqibat esa "Nottingem Forest"ga erkin agent sifatida borib qo‘shildi.

Fil Jons

"MYU"da Maguayr bilan muammo bor paytlari Jons yordamga kelardi. U bir paytlar Fergyuson tomonidan maqtalgan. 2018 yilgi Jahon chempionati Jons uchun Belgiya va Rossiya bilan o‘yin orqali yodda qoladi. Uning "qizil iblislar" safidagi maoshi haftasiga 100 ming funt edi. Jons "MYU"da uzoq vaqt davomida zaxirada o‘tirdi. Hozir ham u bu ishini davom ettirmoqda.

 

 

ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 12:00, 03.11.2022.
O'qildi: 1971 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.