Kirish Ro'yxatdan o'tish

APL. Zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Xoland bir kishi kam bo‘lib qolgan "Manchester Siti"ga g‘alaba keltirdi

APL. Zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Xoland bir kishi kam bo‘lib qolgan "Manchester Siti"ga g‘alaba keltirdi

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasi 15-turida "Manchester Siti" "Fulxem"ni qabul qilib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Xulian Alvares 17-daqiqada "shaharliklar"ni hisobda oldinga olib chiqdi. 26-daqiqada Joau Kanselu qizil kartochka olib, maydonni tark etdi, Andres Pereyra penaltidan unumli foydalanib, hisobni tenglashtirdi.

2-bo‘limda Erling Xoland zaxiradan o‘yinga qo‘shildi. U kiritgan 1-gol ofsayd tufayli bekor qilindi. Ammo 95-daqiqada Erling penaltidan aniq foydalandi va manchesterliklarga g‘alaba keltirdi.

Manchester Siti – Fulxem 2:1 (1:1, 1:0)

5 noyabr, 20.00, «Etixad Stedium»

Gollar: 1:0 – 17 Alvares, 1:1 – 28, penaltidan Pereyra, 2:1 – 90, penaltidan Xoland.

Manchester Siti – Ederson, Stounz, Ake, Akandji, Joau Kanselu, Gyundogan (Ruben Diash, 90), de Bryuyne, Rodri, Grilish (Foden, 64), Bernardu Silva, Alvares (Xoland, 64).

Fulxem – Leno, Tete, Rim, Diop, Robinson, Rid, Uilson (Djeyms, 76), Pereyra (Xarris, 88), Palinya, Villian (Mbabu, 80), Vinisius (Kerni, 76).

Ogohlantirishlar: Pereyra (7), Rid (45), Bernardu Silva (45), Tete (63), Robinson (90), Xoland (90).

Chetlatish: Joau Kanselu (26).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:05, 05.11.2022.
O'qildi: 3514 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик