Jahon chempionatlarida eng sermahsul futbolchilardan biriga aylanish juda qiyin. Buning uchun bir nechta omillarni birlashtirish kerak. Birinchidan, o‘yinchining yillar davomida doimiy ravishda yuqori darajada o‘ynashi hammada ham bir xilda kechmaydi. U jahon chempionatlariga chiqishi kerak, faqat bitta emas, raqobatbardosh bo‘lib qolishi kerak. Ikkinchidan, jamoaviy o‘yinning yuqori saviyasi yuqori talablardan biridir. Jamoa turnirda qancha uzoq tursa, qanchalik ko‘p o‘yin o‘tkazsa, o‘yinchining gol urish imkoniyati shunchalik ko‘p bo‘ladi. Aks holda, siz Erling Xoland bo‘lishingizdan qat’i nazar oshig‘ingiz olchi emas. Uchinchidan, bunisi omadga bog‘liq.
Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati arafasida ushbu turnirlarning eng yaxshi to‘purarlarini birga eslaymiz.
1. Miroslav Kloze (Germaniya, 24 uchrashuvda 16 ta gol)
Uning faoliyati Germaniya terma jamoasining gullagan davri uchun omadli keldi. Nemislar Braziliyani 7:1 hisobida mag‘lub etganida Kloze JCH-2014da o‘zining rekord 16-golini kiritishi ramziy ma’noga ega edi. Kloze o‘sha o‘yindagi ikkinchi golni urdi va braziliyalik afsonani ortda qoldirdi.
2. Ronaldu (Braziliya, 19 uchrashuvda 15 ta gol)
Balki, agar Ronaldu JCHda yana beshta o‘yin o‘tkazganida , xuddi Kloze kabi, peshqadam bo‘lib qolgan bo‘lardi. Ammo bu yerda biz faqat yuqorida aytib o‘tilgan omillar haqida gapiramiz. So‘yloqning mutlaq g‘alabasi 2002 yilgi Jahon kubogi bo‘lib, u sakkizta gol urdi.
3. Gerd Myuller ( G‘arbiy Germaniya , 13 o‘yinda 14 ta gol)
Bu boshqa vaqtlarga to‘g‘ri keladi. Afsonaviy Myuller jahon chempionatida o‘ynaganidan ko‘ra ko‘proq gol urishga qodir edi . 1974 yilda G‘arbiy Germaniya g‘alaba qozongan uy turniri ayniqsa hayratlanarli bo‘ldi.
4. Just Fonten (Fransiya, 6 o‘yinda 13 ta gol)
Jahon chempionatlarida to‘purarlarning umumiy ro‘yxatida Fonten bor-yo‘g‘i to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi, ammo u boshqacha rekordga ega. Hech kim bitta jahon chempionatida bunchalik ko‘p gol urmagan. Fransuz 1958 yilgi jahon chempionatida bilgan ishini qilgan desa ham bo‘ladi. Bitta chempionatdagi bunday ko‘rsatkich hozirgi da’vogarlarni ilhomlantirishi mumkin.
5. Pele (Braziliya, 14 uchrashuvda 12 ta gol)
Braziliya terma jamoasi bilan birgalikda Pele uchta jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. Va u to‘purarlar sahnasiga juda yosh kirib, 1958 yilgi Jahon chempionati mezbonlari - Shvesiyaga qarshi ikkita gol urdi .
6. Shandor Kochish (Vengriya, 5 o‘yinda 11 ta gol)
Vengriya 1954 yilgi jahon chempionati finaliga chiqqanida porladi. Guruh bosqichida Germaniya bilan bo‘lajak chempionlar o‘rtasidagi o‘yinda u to‘rtta gol urdi .
7. Xelmut Raxn ( G‘arbiy Germaniya , 10 ta o‘yinda 10 ta gol)
Reytingda urilgan o‘nta gol bilan juda katta futbolchilar guruhi bor. Uni esa 1954 yilgi finaldagi g‘alaba goli bilan eslab qolgan Ran ochadi, bu "Bern mo‘’jizasi" deb nomlanadi. U to‘rt yildan so‘ng G‘arbiy Germaniyaning yarim finalga chiqishiga ham yordam berdi.
8. Gari Lineker (Angliya, 12 o‘yinda 10 ta gol)
Oltin butsani olgan birinchi ingliz. U 1986 yilgi turnirda olti marta gol urgan. Jumladan, Argentina bilan afsonaviy o‘yinda inglizlar Maradona boshchiligidagi janubiy amerikaliklarga tarixdagi eng shov-shuvli janglardan birida mag‘lub bo‘lishdi. Va endi u aqlli va janjalli bayonotlar qilishni yaxshi ko‘radi.