Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al

Ronaldu "MYU"dan ketsa ham, Yevropadan ketish niyatida emas

Ronaldu "MYU"dan ketsa ham, Yevropadan ketish niyatida emas

Baho:
+ | -

“Manchester Yunayted”ning 37 yoshli portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronalduda faoliyatini Yevropadan tashqarida davom ettirish imkoniyatlari bor.

Ijtimoiy tarmoq insayderi Nikolo Skiraning xabar berishicha, hujumchi BAA yoki Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu mamlakatlar klublari unga foydali pul takliflarini berishdi. Biroq, Krishtianuning o‘zi Yevropada o‘ynash niyatida. Yulduzli hujumchi turnir tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lgan Chempionlar ligasida o‘ynashni istaydi.

Yaqinda portugaliyalik futbolchi britaniyalik jurnalist Pirs Morganga shov-shuvli intervyu berib, unda "Manchester Yunayted" xo‘jayinlari va jamoa ustozi Erik ten Xagni tanqid qildi. Shundan so‘ng klub futbolchi bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilish jarayonini boshlab yubordi.

Kiritildi: 13:12, 20.11.2022.
O'qildi: 3642 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик