Yarim himoyachi Serxi Buskets "Barselona"da o‘zining so‘nggi mavsumini o‘tkazmoqda.
COPE xabariga ko‘ra, Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi kelasi mavsumdan boshlab Mayamining "Inter" klubida o‘ynaydi.
Buskets "Barselona" akademiyasini tugatgan va 2008 yildan beri asosiy jamoada o‘ynamoqda. U joriy mavsumda La Ligada 12 ta o‘yinda maydonga tushdi.













