Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/07 00:00 Portugaliya 0-0 Sloveniya
02/07 06:00 AQSh 0-1 Urugvay
02/07 06:00 Boliviya 1-3 Panama
02/07 21:00 Ruminiya 0-3 Niderlandiya
03/07 00:00 Avstriya 1-2 Turkiya
03/07 06:00 Braziliya - Kolumbiya
03/07 06:00 Kosta-Rika 2-1 Paragvay

Mbappe, Vardi, Iguain: siz ularni "Arsenal" safida ko‘rishingiz mumkin edi, biroq...

Mbappe, Vardi, Iguain: siz ularni "Arsenal" safida ko‘rishingiz mumkin edi, biroq...

Baho:
+ | -

Ba’zilar tranferlar oynasini "rasvo davr" deb atashadi. Negaki, bu vaqt davomida eshitgan xabarlaringizning 90 foizi yolg‘on bo‘lib chiqadi. Ba’zida esa buning teskarisi ham bo‘lib turadi. Londonning "Arsenal" klubi ham yillar davomida yuzlab futbolchilarni sotib olishga harakat qilgan. Ammo ma’lum, ba’zida esa noma’lum sabablar bilan bu ko‘chish bekor bo‘lgan. Quyida "Arsenal"ning sotib olishi kerak bo‘lgan, biroq so‘nggi daqiqalarda taqdiri o‘zgarib ketgan futbolchilarning beshtasini keltirib o‘tamiz.


Gonsalo Iguain

"Arsenal" tarixida eng ko‘p vaqt davom etgan transfer muzokaralaridan biri Iguain bilan sodir bo‘lgan. Argentinalik hujumchi 2013 yilda "Real"ni tark etishi aniq bo‘lib qoladi. Shunda u uchun "Arsenal" jiddiy raqobatga kirishadi. Haqiqatdan ham o‘sha paytda 25 yoshli Iguain londonliklar uchun mos variant edi. Gonsalo "Real"dan ketishi aniq bo‘ladi va Arsen Venger u bilan kelishib oldi degan xabarlar chiqadi. Iguainning narxi esa 23 million funtga teng edi. Ammo bu xarid amalga oshmay qoladi. Negaki, "Arsenal"da Luis Suaresni sotib olish niyati paydo bo‘ladi.

Luis Suares

2013 yilning yozi "Arsenal" tarixidagi eng tartibsiz transferlar oynasi bo‘lgandi. Iguain mojarosidan keyin Suares masalasi paydo bo‘ladi. Chunki hujumchining o‘zi intervyularidan birida "Arsenal"ga o‘tishi haqida gapirgandi. Bu esa "to‘pchilar"ni harakatga chorlaydi. "Arsenal" "Liverpul"ga hujumchi uchun, avvaliga 30 million, bu narx rad etilgach esa, 40 million funt va bonuslar taklif qiladi. Ammo mersisaydliklar rahbari "Arsenal"ga qat’iy yo‘q deydi. Shundan beri bu ikki klub o‘rtasida biroz sovuqchilik mavjud. "Liverpul" o‘z futbolchilarini "Arsenal"dan boshqa istalgan jamoaga sotishimiz mumkin" deb chiqishi hammasini chalkashtirib yuborgandi. Bir yildan keyin esa Suares "Barselona"ga yo‘l oladi.

Jeymi Vardi

2016 yilning yozi. "Lester" Angliyaning yangi chempioniga aylangan paytlar. Katta klublar "tulkilar" futbolchilarini sotib olishga tayyor edi. Shunday bir paytda "Arsenal" chempion jamoa hujumchisi Jeymi Vardiga da’vo qila boshladi va 20 million taklif etdi. Ko‘pchilik Vardini Londonga yo‘l oladi deb o‘ylagan edi. Yevro-2016 arafasida Vardi qaror qabul qildi: u "Lester Siti"da qoladigan bo‘ldi. Shundan keyin nimalar bo‘lganini esa hamma yaxshi biladi.

Kilian Mbappe

Ayni damda "PSJ" va dunyoning eng zo‘r futbolchilaridan biriga aylangan Mbappening taqdiri hozirgidan butunlay boshqacha bo‘lishi mumkin edi. Mbappe 17 yoshida "Monako" safida porlashi, jamoasini YECHL yarim finaliga olib chiqishidan ilgariroq, uning fenomenal talanti fransuz futboli bilan yaxshigina aloqalarga ega bo‘lgan Arsen Vengerning e’tiboriga tushadi. Mbappe "Monako" bilan bitimini tugatishi kerak edi. Shunday bir paytda Arsen Venger uning uyiga boradi. Ammo Mbappe Fransiyada qolishga qaror qilgan. Bir yildan keyin esa uning manzili "PSJ" bo‘ldi. "Arsenal" esa Mbappening o‘rniga Aleksandr Lyakazett va Lukas Peresni sotib oldi.

Ussem Auar

2020 yilning yozida Mikel Arteta Tomas Parti, Villian va Gabrielni sotib oladi. Ammo yana bir futbolchi jamoaga kelishi mumkin edi. "Arsenal" "Lion" yarim himoyachisi Ussem Auarni kuzarib kelayotgandi. Ikki tomon kelishib oladi. Biroq, Auarning akasi va agenti futbolchi uchun katta moash talab qiladi. Oqibatda transfer amalga oshmadi. Auar esa APLga o‘ta olmadi.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 20:00, 29.11.2022.
O'qildi: 1476 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.