Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon 1-3 So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon 0-3 Neftchi
13/08 20:30 Buxoro 2-0 OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Lokomotiv
15/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

Gvardiol "Tottenxem"ga o‘tishi mumkin edi

Gvardiol "Tottenxem"ga o‘tishi mumkin edi

Baho:
+ | -

"Leypsig" va Xorvatiya terma jamoasi himoyachisi Yoshko Gvardiol o‘tgan yozda "Tottenxem"ga o‘tish imkoniyatiga ega bo‘lgandi, deya xabar beradi taniqli insayder Fabrisio Romano.

Manbaning xabariga ko‘ra, ingliz klubi rahbariyati 20 yoshli futbolchining transfer narxini juda qimmat deb hisoblab, Gvardiol bilan shartnoma imzolash g‘oyasidan voz kechishga qaror qilgandi.

Futbolchining nemis klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar tuzilgan. Transfermarkt portali yosh himoyachini 60 million yevroga baholamoqda. Oldinroq Gvardiolga "Chelsi" ham qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.

Joriy mavsumda xorvatiyalik futbolchi “Leypsig” safida 19 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urgan.

Kiritildi: 19:32, 03.12.2022.
O'qildi: 1520 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик