Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Alisher Nikimbayev: «O‘zbekistonliklar himoyaviy o‘ynashga ko‘nikishmagan va...»

Alisher Nikimbayev: «O‘zbekistonliklar himoyaviy o‘ynashga ko‘nikishmagan va...»

Baho:
+ | -

Qatar futbol assosiasiyasi vakili, JCH-2022 tashkiliy qo‘mitasi a’zosi - hamyurtimiz Alisher Nikimbayev «Sport-Ekspress» nashri sharhlovchisi Igor Rabinerga mundial borasida katta intervyu berdi.

Biz ana shu uzoq davom etgan suhbatning eng qiziqarli joylarini e’tiboringizga havola etmoqlikni niyat qildik.

— Jahon chempionati noyabr-dekabr oylarida 30 daraja issiqda o‘tkaziladi. Men baribir salqinroq bo‘ladi, deb o‘ylagandim yoki xato fikrlaganmanmi?

— Bu biz uchun ham syurpriz. Ammo, 8ta stadionning 7tasida maydonda ham, tribunalarda ham kondisionerlash tizimi mavjud. Faqatgina «974» stadionida yo‘q. Shu sabab u o‘yinlarni 21:00 (Toshkent vaqti)dan erta qabul qilmaydi. Bundan tashqari, u dengizga ham yaqin — undan atigi 50 metr uzoqlikda. Biz iyunda «Ahmad bin Ali» stadionida ketma-ket ikki kun o‘yinlar o‘tkazdik. Aniqrog‘i qit’alararo pley-off o‘yinlari — Peru — Avstraliya va Kosta-Rika — Yangi Zelandiya bahslarini. U yerdagi odamlar shunchaki muzlab qolishdi! Qatarda iyun oyida! Bunga sabab kondisionerlar to‘liq kuch bilan ishladi.

— «974» stadioni kondisionerlash tizimi bilan jihozlanmaganiga qaramay, sizga yoqarkan. Nima uchun?

— Dunyodagi barcha zamonaviy stadionlar — deyarli bir xil. Fasad va o‘rindiqlar rangi turli xil bo‘lishi mumkin. «974» xuddi shuncha miqdordagi yuk konteynerlaridan qurilgani bilan originaldir. Garchi hozircha rasmiy ma’lumot bo‘lmasada, uni turnirdan so‘ng bo‘laklarga bo‘lishadi. U texnik jihatdan qolishi mumkin emas, sababi arenani uzoq vaqt saqlab tura oladigan fundament yo‘q. 2024 yilning yanvarida o‘tkaziladigan Osiyo Kubogigacha qolish yoki qolmasligi ma’lum emas. Yana qayeridadir va qachondir shunday stadion quriladi, deb o‘ylamayman. Tashqaridan barchasi odatdagidek, ammo ichida va tribuna osti joylarida... har bir konteynerning o‘z rangi va vazifasi bor. Kabinetlar bir xil rangda, hojatxonalar yana boshqacha va hokazo.

— Nega «974» deb nomlangan?

— Bu Qatarning telefon kodi. Stadion qurilgan konteynerlar soni mamlakat kodi bilan mos keladi. Bunday loyiha aqlga sig‘maydi.

— Originallik bo‘yicha yana qaysi arenalarni ajratib ko‘rsata olasiz?

— Ko‘pida o‘ziga xos xususiyatlari bor. Masalan, «Al-Tumama» stadioni arab qalpoqchasi shaklida qurilgan, arena ichida esa milliy bosh kiyimlari to‘plangan kichik muzey bor. «Al-Bayt» stadioni esa — bu arabcha chodir. So‘zning o‘zi «uy» degan ma’noni bildiradi va hatto ichida ham gilamlarga taqlid qilingan. «Lusayl» — bu qayiq. Originallik bo‘yicha uchlikka «974», «Al-Bayt» va «Al-Tumama»ni qo‘ygan bo‘lardim.

— Muxlislarning Hayya kartalari Rossiyadagi Fan ID bilan taqqoslanadi. To‘g‘rimi?

— G‘oya Rossiyadan kelgan, bu yerda yashiradigan narsa yo‘q. JCH-2022 tashkiliy qo‘mitasi rahbariyati u yerda qanday ishlashini ko‘rishgan va g‘oya yoqqan. U o‘tgan yili Konfederasiyalar kubogining yaxshilangan analogi bo‘lgan Arab kubogi bilan amalga oshira boshlandi. O‘shanda mukammal emasdi, ammo jahon chempionatigacha qayta ishlandi. Rossiyaga Fan ID-siz borish mumkin edi. Bu yerda esa 1 noyabrdan boshlab mamlakatga Hayya kartasisiz kirish deyarli imkonsiz. Masalan, Rossiya fuqarolari odatiy vaqtlarda Qatarga vizasiz kirish huquqiga egalar. Ammo, hozir emas. 20 oktyabr kuni «Hayya»siz kelganlar 1 noyabr kuni Ichki ishlar vazirligining eng yaqin bo‘limida qaytadan ro‘yxatdan o‘tishi yoki Qatarni tark etishi kerak. Bunday qattiq funksionallik mamlakat hajmi bilan bog‘liq. Rossiyada buni qo‘llash mumkin emasdi. Shunday qilib, kichik davlat odamlar oqimini nazorat qilishga harakat qilmoqda. Agar aniq kirish bilan bog‘liq nazorat bo‘lmasa, chempionatdagi barcha mehmonlarni mehmonxonalarga joylash qiyin bo‘lardi. Ya’ni, JCH-2022dagi Hayya vazifalari 2018 yildagi Fan ID-dan kengroq.

— Qatarda pul bilan muammo yo‘q. Maoshingiz — oldingidagidan ko‘ra osmon bilan yercha farq qilsa kerak?

— Yo‘q. Mintaqa uchun odatiy, aqlbovarqilmas hech narsa yo‘q. Amirliklarda to‘rt yil ishladim, bundan oldin Malayziyada bo‘lganman, bu yerda esa besh yil — maoshlar aqlni ozdiradigan darajada yuqori emas. Ha, yaxshi, nolisam gunoh bo‘ladi. Ammo, bizni pulga ko‘mib tashlashmagan. Kambag‘al chet ellik ishchilarga to‘xtalsak... Agar bizning nuqtai nazarimiz bilan qarasak — ha, ular kam oladi. Odamlar o‘zlari tayyor bo‘lgan joylarida ishlaydilar. Hech kim ularni majburlamaydi. Agar menga shu pul evaziga o‘sha ishni taklif qilishsa, rad qilardim. Ular esa rozi bo‘lishmoqda. Bu savol Hindiston, Bangladesh hukumatlariga — nega ularning fuqarolari bunday shartlarga tayyorlar. Nega bu hukumatlarga bunday savollar berilmaydi? The Guardian nashrining endigina to‘g‘ri talqin qilina boshlagan maqolasi bor. Haqiqiy maqolada stadionlardagi qurilishlarda olti yarim ming kishi o‘lgani aytilmagan. Gap so‘nggi o‘n yil ichida beshta mamlakatdan kelgan insonlarning o‘limi haqida bo‘lgan. Demografiyaga qaytamiz — Qatarda 2 million 700 ming aholi yashaydi va ularning 90 foizi — migrantlar! Shu bilan birga, nashrda tilga olingan besh mamlakatdan Qatarga kelgan insonlarning umumiy soni 1 million 800 ming. Bu mamlakat aholisining yarmidan ham ko‘p! Agar yillarga bo‘lsak — har yili 650 nafar inson o‘lgan bo‘ladi. Ya’ni, ushbu mamlakatlardan kelgan migrantlarning 0,03 foizi. Ha, bu o‘sha oilalar uchun og‘ir va biz faqatgina ularga hamdardlik bildiramiz. Ammo, insonlar o‘ladi. Raqamlar esa muammo ko‘lamini bo‘rttirib ko‘rsatadi. Insonlar ko‘plab narsalarni to‘liq o‘rganishni xohlashmaydi. Bu yerga besh yil oldin kelganimda, barcha chet elliklarga taaluqli bitta qonun bor edi. Agar ish beruvchi ruxsat bermasa, u Qatardan chiqib keta olmaydi. Ta’til uchun arizada yozishim kerak edi — mamlakatdan chiqish bilan yoki mamlakatdan chiqmasdan. Agar birinchisi bo‘lsa ruxsat berishni so‘rash, uchib ketish va uchib kelishni ko‘rsatish kerak. Yevropaliklarning nuqtai nazari bo‘yicha, bu inson hukuqlari buzilishi. Bugungi kunda ushbu qonun bekor qilingan. Ammo, bu qayerdan kelib chiqqanini tushunish kerak. 2008 yilda bu yerda jiddiy moliyaviy inqiroz bo‘lgan. Barchasi ishdan chiqqan — Amirliklarda ham, bu yerda ham. Bosh­qa davlatdan kelgan insonlar ishsiz qolishdi, shunchaki barchasini, jumladan qarzlar, banklardagi kreditlarni tashlab ketishdi. Bu ham inqirozni kuchaytirdi. Qatar hukumati bunday qonunni joriy etgan holda, o‘z kompaniyalari va banklarini himoya qilishga urindi. Chet ellik ishsizlarning huquqlarini poymol qilish haqida so‘z ham bormagandi. Takrorlayman, bu qonunni ham bir necha yillar oldin bekor qilishdi.

— Qatarda xavfsizlik masalasi bo‘yicha qiziqarli nima bor?

— Qatar dunyodagi eng xavfsiz mamlakatlardan biri. Oddiygina misol keltiraman. Kecha mashinamning oynasini ko‘tarishni unutibman. Hamyonim bir necha soat barchaning ko‘z o‘ngida qolib ketgan. Ammo, tabiiyki, hech narsa bo‘lmadi. Men vatanim O‘zbekiston, Malayziya va boshqa davlatlarda yashaganman va ko‘pida bunday narsa imkonsiz. Ammo, bu yerda kimningdir yovuzligi bilan hech narsa yo‘qolmaydi. Deyarli hatto kichik o‘g‘riliklar ham yo‘q, jiddiy jinoyatlar haqida gapirmasa ham bo‘ladi.

— Qonun bo‘yicha o‘g‘rilik uchun qo‘llarni kesishmaydimi?

— To‘g‘risini aytsam, bilmayman. Har holda, anchadan beri bunday narsa ro‘y bermagan. Saudiya Arabistonida jazolar bo‘lganini eshitdim, odamlar toshlar otishgan, bu yaqinda bo‘ldi. Ammo, Qatarda emas. Kiyimlar bo‘yicha ham qat’iy qonunlar yo‘q.

— Lamning intervyusida sizni nimadir o‘ziga jalb qildimi?

— Bu misollardan biri. Qatar haqida yomon gapirayotganlarning barchasi yolg‘on gapiryapti deya olmayman. Ammo, odamlar juda ham ko‘p bilmaganlarini gapirishadi. Masalan, menga kiyingan «muxlislar»ga sutkasiga 10 dollar bergan holda tekin chiptalar berilayotganini, turar joy va ovqati bepulligini aytishsa... Bu safsata. Men tashkiliy qo‘mitada ishlayman — va shunga qaramay, sotib olgan chiptalarimga bir tiyin ham chegirma olmaganman! Bizda tekin biletlar yo‘q — xodimlar uchun! O‘zinikiga berishi mumkin bo‘lsa, nega pokistonlik ishchiga berishadi, ammo qilishmaydi?! Hamma aytadi — masalan, bu braziliyalik muxlislar emas. Demak, Qatar va ko‘plab mamlakatlardagi farq shu. Yana aytaman: mahalliy aholi — 10-11 foiz, qolgani — chet elliklar. Agar tashkiliy qo‘mitada ishlamaganimda, hozir Angliya terma jamoasi libosini kiyib, o‘yinga borgan bo‘lardim. Shu bilan birga, albatta ingliz jentlmeniga o‘xshamayman. Ammo, bu «uch sherlar» libosini kiyishimga to‘sqinlik qilmaydi. Ba’zida shunday narsalarni o‘qiganingizda va eshitganingizda, shunchaki hayratda qolasiz.

— Saudiya Arabistonidan tashqari qayerdan eng ko‘p chet ellik muxlislar keldi?

— Hozircha bunday statistika yo‘q, ammo 19 noyabrda Qatarga 70 mingdan ortiq chet ellik kelganini bilaman. Tabiiyki, bu davom etmoqda.

— Xavi Qatardagi futbol rivojiga katta hissa qo‘shdimi?

— Ommalashtirish uchun — shubhasiz. Avvaliga o‘yinchi sifatida, keyin esa murabbiy sifatida. Terma jamoaga ham maslahatlari bilan yordam berdi. Xavi — umumiy tizimning qismi. Terma jamoa bosh murabbiyi bo‘lmish ispan Feliks Sanches va u umuman olganda bitta jamoa, hamfikrlar. Ispancha yo‘l bekorga tanlanmagan — bu Qatarni ko‘plab Osiyo mamlakatlaridan ajratib turadi. Bu yerda ketayotgan yo‘nalishlarini bilishadi va shunchaki tayinlash uchun murabbiyni tayinlashmaydi. Xuddi O‘zbekistonda o‘zlariniki bilan o‘xshamagandan keyin «Keling, chet ellikka» deyishadi. — «Kimga?» — «Ektor Kuper bo‘sh!» Kuperni olishadi va uning himoyaviy futbolini jamoa umuman qabul qilmaydi, o‘zbeklar bunday o‘ynashga ko‘nikishmagan va xohlashmaydi. U ham ulardan to‘g‘ri talab qila olmaydi. U yerda esa boshqacha qilish mumkin emas. Kuper ham ishdan bo‘shatiladi. Sababi hech qanday tizim yo‘q. Federasiyaning texnik direktori esa ispan Ivan Bravo. Agar Feliks chetlatilsa, huddi shunaqa murabbiy tayinlanadi. Yo‘nalish tanlangan. Umuman, Qatarning ustunliklaridan biri — yo‘naltirilgan tanlov. Natija bilan muvaffaqiyatli bo‘ladimi yoki yo‘q.

— Zepp Blatterning Qatar 2022 yilgi JCHga qanday erishgani haqidagi ochiq intervyulari haqida nima deya olasiz?

— Gapim bitta: bu haqda kim gapirsa gapirsin, faqat Blatter emas!..

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 08:55, 04.12.2022.
O'qildi: 3585 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.