Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Jarohatga o‘ch o‘yinchilar

Jarohatga o‘ch o‘yinchilar

Baho:
+ | -

Pop Foot nashri futbol olamidagi eng ko‘p jarohatga duch kelgan va uzoq vaqt maydonga tusha olmagan futbolchilarni e’lon qildi.

E’tiborli jihati shundaki, ro‘yxatdagi band etgan o‘yinchilarning 4 nafari turli davrlarda «Arsenal» sharafini himoya qilishgan. Marhamat, tanishing.

10. Tomash Rosiski (16ta jarohat, 1301 kunni o‘tkazib yuborgan)

Chexiyalik yarim himoyachi o‘zining yorqin o‘yinlarini Dortmundning «Borussiya» va Londonning «Arsenal» klublarida o‘tkazgan. 2007|2008 yillar mavsumida u tizzasidan jarohat olib, bir yildan ko‘proq davr ichida «to‘pchilar»ga yordam bera olmagandi. 2015|2016 yillar mavsumida tizzasi tufayli jarrohlik muolajasini olib, 220 kun maydonga tusha olmadi. Afsuski, faoliyatining so‘nggi bosqichida ham chexiyalik faxriy xotirjam to‘p sura olmadi: 2016|2017 yillar mavsumining 22 uchrashuvini «Sparta» Tomashsiz o‘tkazishga majbur bo‘ldi.


9. Xolger Badshtuber (22ta jarohat, 1305 kunni o‘tkazib yuborgan)

Faoliyatidagi eng og‘riqli shikastlanishga Badshtuber 2012 yil dekabrida, «Bavariya» tarkibida duch keldi. Germaniyalik himoyachi dumg‘aza suyagining sinishi oqibatida 1,5 yil maydonga tusha olmadi. Xolger shifokorlarning jarrohlik aralashuvi taklifini uzoq vaqt rad etgan bo‘lsada, 2013 yil kuzida taklifni qabul qildi. AQSHdagi muolajadan keyin safga qaytdi. Keyinchalik futbolchi to‘pig‘idan jarohat olib, 1 yilga yaqin vaqtni o‘tkazib yubordi. 2017 yilda Badshtuber bosh murabbiy Karlo Anchelotti bilan kelisha olmay, «Bavariya»ni tark etdi va «Shtutgart»ga o‘tdi. Nihoyat, shu yilning sentyabrida Shveysariyaning «Lyusern» klubi sharafini himoya qilayotgan himoyachi faoliyatini yakunladi.


8. Ronaldo (8ta jarohat, 1324 kunni o‘tkazib yuborgan)

Braziliyalik afsona - 2 karra jahon chempioni, 2 karra «Oltin to‘p» va bitta «Oltin butsa» sohibi, JCH-2002ning eng yaxshi to‘purari va bir qator sovrinlar sohibi. Jarohatlar bo‘lmaganida, kolleksiya yanada kengroq bo‘lardi. 1999|2000 yillar mavsumi - «Inter»da to‘p surgan «so‘yloq» faoliyatidagi eng og‘ir mavsum. O‘shanda sal avvalroq meniskini shikastlab olgan hujumchi tizzasidan jarohat olgandi. Shu sababli 2 yilga yaqin vaqtini futbolsiz o‘tkazdi. Keyinchalik «Milan»da ham Ronaldoga boldiri va tizzasidagi jarohatlar xalal berdi. Ehtimol, mana shu yo‘qotish «Rossonerlar»ning YECHL finalidagi mag‘lubiyatiga sabab bo‘lgandir...


7. Frank Riberi (72ta jarohat, 1363 kunni o‘tkazib yuborgan)

Shu oyda faoliyatini yakunlagan futbolchi 72 marta jarohat olganiga ishonish qiyin. Lekin Frankning «Bavariya»dagi o‘yinlarini yodga olsak, u na o‘zini va na raqiblarini ayaydigan fidoyi o‘yinchi bo‘lganiga amin bo‘lamiz. 2015 yilning martida to‘pig‘idan jarohat olgan o‘yinchi 200 kunni ishsiz o‘tkazgandi. 2019|2020 yillar mavsumida jarrohlik muolajasi tufayli yana 15ta o‘yinni o‘tkazib yubordi. Joriy mavsumda «A» seriyasidagi sarguzashtlarini «Salernitana»da o‘tkazayotgan Riberi 19 avgustdan keyin maydonga tusha olmadi. Bu safar yallig‘lanish xastaligi 2 oylik «ta’til»ga sababchi bo‘ldi va 39 yoshli futbolchi o‘z faoliya­tiga nuqta qo‘ydi.


6. Tomas Vermalen (35ta jarohat, 1366 kunni o‘tkazib yuborgan)

Hozirda Tomas Belgiya terma jamoasi murabbiylar shtabining a’zosi, futbolchilik davrida jarohatlarga o‘ta o‘ch bo‘lgandi. 2010|2011 yillar mavsumida u axill paylarini shikastlab olgan, «Arsenal» 230 kun uning xizmatidan foydalana olmagandi. 2014 yil oktyabrida Tomas boldiridan jarohat olib, yana yarim yil ishsiz yurdi. Faoliyatining yakuniy bosqichida «Vissel Kobe» klubida ham Vermalen jarohatlar ta’qibidan qutula olmadi - ilik suyagini davolash uchun 1 oydan ko‘proq vaqt sarfladi.


5. Stevan Yovetich (31ta jarohat, 1408 kunni o‘tkazib yuborgan)

Butsalarini mixga ilishga oshiqmayotgan navbatdagi futbolchi. 32 yoshli chernogoriyalik faxriy vaqti-vaqti bilan «Gerta» libosida maydonga tushmoqda, joriy mavsumda hozircha gol urishga ulgurmadi. Afsuski, Stevan 2 marta - 2010 yilda «Fiorentina»da, 2019 yilda «Monako»da dumg‘aza suyaklarini shikastlab oldi va deyarli 2 yilga safdan chiqdi. Shuningdek, o‘tgan mavsumda «Gerta» tarkibida ham 4 marta jarohat oldi va 3 oy maydonga tusha olmadi.


4. Vensan Kompani (31ta jarohat, 1419 kunni o‘tkazib yuborgan)

«Byornli»ning amaldagi bosh murabbiyi Yovetich bilan bir xil - 31 marta jarohat olgan. Lekin chernogoriyalik kasbdoshidan farqli o‘laroq, Kompanida 1 yilga cho‘zilib ketgan shikastlanishlar yo‘q. 2016|2017 yillar mavsumida Vensan qovug‘ini shikastlab, 4 oydan ko‘proq davolandi. 2020 yil yozida «Anderlext» safida yurganida, mushaklari tortishib qolgani sababli 136 kunni yo‘qotdi va faoliyatini yakunladi.


3. Jek Uilshir (18ta jarohat, 1470 kunni o‘tkazib yuborgan)

Angliyalik futbolchi jarohatlar tufayli yuksak salohiyatini to‘la namoyish eta olmadi. «Arsenal»da to‘p surgan davrida u avval to‘pig‘i, keyin tizzasidagi jarohat sabab jarrohlik muolajasini olishga majbur bo‘lgandi. Keyinchalik futbolchi boldir suyagini sindirib oldi. «Vest Xem» safiga o‘tganida tibbiy o‘zgarishlar yuz bermagan bo‘lsada, to‘pig‘i va qovug‘i tufayli 1 yildan ko‘proq vaqt maydonga tusha olmadi. Belgiyaning «Orxus» klubi futbolchi Uilshir uchun so‘nggisi bo‘ldi. Shu yil yozda u faoliyatiga nuqta qo‘yib, «Arsenal» akademiyasida ishlamoqda.


2. Aryen Robben (58ta jarohat, 1507 kunni o‘tkazib yuborgan)

Niderlandiyalik yarim himoyachining jarohatlari Riberinikidek ko‘p bo‘lmasada, undan ko‘ra ko‘proq vaqtini maydon tashqarisida o‘tkazdi. 2009 yilda «Bavariya»ga o‘tgan bo‘lsa, 1 yildan so‘ng oyoq mushaklari tortishib qoldi va 5 oyga safdan chiqdi. Keyin shikastlanishlar turi va soni «bolalab» ketdi. Hatto o‘zining oxirgi klubi - «Groningen» 200 kundan ko‘proq vaqtni ishsizlikda o‘tkazishga majbur bo‘ldi.

1. Abu Diabi (21ta  jarohat, 1747 kunni o‘tkazib yuborgan)

Ro‘yxatimiz yetakchisi bo‘lmish Abu Diabi faoliyatining salkam 5 yilini salomatligini tiklashga sarfladi. 2013 yil martida u tizzasidan jiddiy jarohat olib, 1 yildan ko‘proq vaqtda maydonga tusha olmagandi. Aynan shu pallada yarim himoyachi futboldan ketishni mo‘ljallagan, lekin Arsen Venger uni o‘ta og‘ir tiklanish muolajasini olishga ko‘ndirgandi. Afsuski, bu urinishlar samara bermadi. Ma’lum bo‘lishicha, 2006 yil martida ham Diabi raqibining qo‘pol «podkat»i oqibatida oyog‘ini sindirib olgan ekan.

SODIQ SOBIR tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:23, 08.12.2022.
O'qildi: 1782 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.