Xorvatiya terma jamoasi himoyachisi Deyan Lovren Qatarda bo‘lib o‘tayotgan JCH-2022 chorak final uchrashuvida Braziliya ustidan qozonilgan g‘alabaga (1:1, pen. 4:2) munosabat bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, Lovren Sankt-Peterburgning "Zenit" jamoasida o‘ynaydi.
"Bu nima bo‘ldi?! Ey Xudoyim, rahmat! Xorvatiyaga shon-sharaf! — deb yozdi Lovren ijtimoiy tarmoqlarda kiyinish xonasidan olingan suratni joylashtirgan holda.
JCH-2022 yarim finalida Xorvatiya terma jamoasi Niderlandiya – Argentina juftligi g‘olibi bilan o‘ynaydi. Uchrashuv 13 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.