Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

«Soyadagi qahramon» Lionel Skaloni haqida (video)

«Soyadagi qahramon» Lionel Skaloni haqida (video)

Baho:
+ | -

Lionel Skaloni. Argentina terma jamoasi murabbiyi. Messi 17 yildan beri futbolda, qancha murabbiy bilan ishladi, ammo aynan Skaloni uni chempionga aylantirdi. Futbolchilarning ajoyib harakatlaridan tashqari, Skalonining bir qator qarorlari, ishlari bor va usiz hali uzoq davom etadigan kechagi bayram ham bo‘lmasdi.

Avvalo, ikki yil oldingi Braziliyadagi g‘alaba – Argentinaning bugungi avlodiga o‘ziga bo‘lgan ishonchni paydo qildi. Messi atrofida qanday jamoa qurish mumkinligini barchaga aynan Skaloni ko‘rsatdi, axir Messi bilan g‘olib bo‘lgan avvalgi jamoalarda Xavi – Inyesta, Neymar – Suares kabi boshqa yulduzlar ham bo‘lganini unutmaslik kerak.

Ikkinchidan, dastlabki o‘yindagi mag‘lubiyat. Mundialda eng katta bosim ostida bo‘lgan ikki murabbiydan biri (ikkinchisi Santush) bo‘lishiga qaramasdan, mana shunday omadsiz startdan keyin ham jamoani saqlab qola bildi. Bu oson emas. Ayniqsa, yulduz va yosh futbolchilar qorishmasidan iborat tarkibda ajoyib muhitni saqlab qolish, Argentina tarixidagi eng qiyin raqiblardan biri Meksika bilan o‘yinga tayyorlash...

Uchinchidan, Skaloni turnir davomida o‘z xatolarini ham tuzatib bordi, futbolchilarning aynan mundialdagi qatnashuvlariga qarab, kerakli reaksiyalarni berdi, tuzatishlarni o‘z vaqtida amalga oshirdi. Masalan, asosiy bo‘lishi kerak bo‘lgan Lautaro Martinesning omadsiz o‘yinidan keyin e’tiborni Alvaresga qaratish, Enso Fernandes kabi mundialning o‘zida porlagan futbolchini qisqa muddatda muhim figuraga aylantirish, Di Mariyadan kam, ammo kerakli pallalarda foydalanish...

Masalan, Di Mariyaning finalga qaytishini olaylik. Mbappe, Dembele kabi tezkor hujumchilarga qarshi yanada risk qilmasligi va hatto uch himoyachi bilan ham sxema tanlanishi mumkinligi taxmin qilingandi.  Skaloni Mbappe va Dembelening ustunliklariga emas, kamchiliklariga urg‘u berdi, ustunliklarini kamaytirishga urinish o‘rniga kamchiliklaridan foydalanishni tanladi. Aynan o‘sha nuqtalarga zarba berdi – dastlabki ikki gol aynan shu ikki qanotdan sodir bo‘lganini eslang. Qisqa turnir uchun bu qarorlar ancha katta va riskka ega bo‘lsa-da, yakunda Skaloni uddaladi.

To‘rtinchidan, deyarli har bir muhim o‘yinda Skaloni taktik va tayyorgarlik jihatidan hamkasblarini yengdi. U tajribali va tulki Lui van Gaal bo‘ladimi, chempion Desham bo‘ladimi, har bir o‘yindagi dastlabki reja Argentinada ish berdi. Niderlandiya bilan ham, Fransiya bilan ham dastlabki bo‘limlarni ancha kuchli o‘ynadi. Va albatta, ikkinchi punktda tilga olingan holat nafaqat turnir, alohida o‘yinlarda ham ishladi – ham Niderlandiya, ham Fransiya o‘yinda kambek qilganiga qaramasdan, Argentina sochilib ketmadi, ruhan yana o‘yinga qaytdi, yana hujumkorlikka qayta bildi. Juda ko‘p ssenariylarni, futbol uchrashuvlarini ko‘rgan bo‘lsangiz, raqibning kambekini boshidan kechirgan jamoaning o‘yinga qaytishi o‘ta qiyin.

Beshinchidan. Biz turnir boshida Argentina tarkibi «Messi va boshqalar» bo‘lganidan, ko‘proq o‘sha Maradonaning jamoasi yoki JCH-2014 kabi, himoyaga ko‘proq e’tiborga qaratadigan va Messining individual harakatlariga tayanadigan futbol ko‘rsatishini kutgandik. Ammo ushbu Argentina nafaqat ushbu turnirning, balki boshqa jahon chempionlari bilan solishtirganda ham, eng hujumkor, eng ko‘p vaziyatlar yaratgan, eng ko‘p to‘pni nazorat qilgan, darvozaga eng ko‘p zarba bergan jamoasiga aylandi.

Eng muhimi esa, Skaloni jamoadagi o‘zining o‘rnini to‘g‘ri tushundi, «soyadagi qahramon» vazifasini a’lo darajada uddaladi. Go‘yoki chetda turgandek, hammasini maydondagilar o‘z-o‘zidan hal qilayotgandek, uning ishi faqat xalaqit bermaslik bo‘lgandek ko‘rsatdi o‘zini. Aslida unday emasligini yuqoridagi jumlalarda tushuntirishga harakat qildik.

Quyidagi video esa, juda ta’sirli. Skaloni avvaliga nima bo‘lganini tushunmadi, uni kelib tabriklay boshlashgach, voqeaning butunicha anglab yetdi...

... keyin esa, o‘sha o‘zining sevimli joyi bo‘lmish soyaga, eng ortga o‘tib, yig‘lab yubordi.

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/aslanov_futbol
Kiritildi: 18:17, 19.12.2022.
O'qildi: 23677 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.