Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Fidoyi futbolchilar o‘nligi

Fidoyi futbolchilar o‘nligi

Baho:
+ | -

O‘z milliy terma jamoasi, demakki, yashil maydonda vatan sharafini himoya qilish , har bir futbolchi uchun eng oliy sharaf!

To‘g‘ri, hamma futbolchilarga nasib etavermaydi, faqat saralarning sarasiga milliy terma jamoa eshiklari ochiladi. Hozirga qadar 600dan ko‘proq futbolchi o‘z terma jamoasi libosida 100 martadan ortiq maydonga tushishga muvaffaq bo‘lgan. quyidagi qahramonlarimiz ana shu fidoyi futbolchilar ro‘yxatining yetakchi o‘nligidan joy olishgan. Marhamat, tanishing:

10. Janluidji Buffon, Italiya (terma jamoada 176ta o‘yin)

Italiyalik afsonaviy darvozabon hanuzgacha yashil maydonni tark etgan emas, qadrdon klubi «Parma»da to‘p surmoqda. Terma jamoada esa barcha vatandoshlaridan ko‘ra ko‘proq maydonga tushgan. 1997 yilda «Skuadra Adzurra»da debyutini nishonlagan 19 yoshli Jidji uzoq yillar davomida milliy jamoa sharafini himoya qildi, jumladan, 8ta yirik musobaqalarda ishtirok etdi. Posbon ayniqsa, 2006 yilda terma jamoaning 4-marta jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritishiga munosib hissa qo‘shgani bilan faxrlanadi.

9. Klaudio Suares, Meksika (177)

Markaziy himoyachi uchun ancha past bo‘yli bo‘lishiga qaramasdan, Klaudio Meksika terma jamoasi tarkibida 177 marta maydonga tushishga muvaffaq bo‘lgandi. 1992 yilda xalqaro arenadagi debyutini nishonlagan «El-Emperador» 14 yil davomida milliy jamoada ishonchli to‘p surib, o‘z o‘rnini hech kimga bermadi va JCH-2006 turniridan keyin butsalarini mixga ildi. Suares uzoq vaqt sardorlik bog‘ichi bilan maydonga tushib, vatandoshlarining 1993, 1996 va 1998 yillarda Oltin Kubokni qo‘lga kiritishlariga katta hissa qo‘shdi. Shuningdek, u Konmebol Kubogi doirasidagi 1999 yilda bo‘lgan Braziliyaga qarshi final bahsida hal qiluvchi rol o‘ynagandi.

8. Muhammad al Deayya, Saudiya Arabistoni (178)

Bu futbolchi 1993-2006 yillarda milliy terma jamoaning doimiy a’zosi bo‘lgan, 1996 yilda Osiyo Kubogini qo‘lga kiritgan, 1994-2006 yillar oralig‘ida barcha JCHlarida ishtirok etgan. Qizig‘i shundaki, avvaliga Muhammad gandbolga qiziqib qolgan va akasining qistovi bilan futbolga o‘tgan ekan. Endi u Saudiyaning eng fidoyi o‘yinchisi.

7. Andres Guardado, Meksika (179)

Guardado Qatar mundialida Meksika terma jamoasining mutlaq rekordchisiga aylanib oldi. «Betis»da to‘p surayotgan 36 yoshli faxriy milliy jamoaning yetakchilaridan biri sanaladi, ammo JCH-2022da atigi bitta - Argentinaga qarshi bahs (0:2)da, shunda ham to‘liq bo‘lmagan bir taym o‘ynadi. Andres «Atlas»dagi parvozidan 4 oy o‘tgach, milliy jamoaga jalb etilgandi.

6. Serxio Ramos, Ispaniya (180)

«PSJ»da jismoniy va sport formasini tiklab olganiga qaramasdan, markaziy himoyachi Qatar mundialida ishtirok etmadi. O‘tgan yili «Real» uning Yevropa chempionatidan chetda qolishiga sababchi bo‘lgandi. Bu safar Luis Enrike JCH-2010, Yevro-2008 hamda Yevro-2012 turnirlari g‘olibiga tarkibdan joy bermadi.

5. Ahmad Muborak, Ummon (183) 

Faoliyati davomida o‘z yurtidan tashqari, Saudiya, Qatar, Quvayt va BAAda 14dan ortiq klublarda to‘p surgan ummonlik futbolchi Quvayt terma jamoasi safida 183ta uchrashuv o‘tkazgach, 2019 yilda nafaqaga yo‘l oldi. Ahmad Muborak o‘zining eng yorqin o‘yinlarini 2017G‘18 yillar mavsumidagi Fors ko‘rfazi Kubogi turnirida namoyish etdi. O‘shanda uning jamoasi begona yurtda zafar quchgandi.

4. Ahmad Hassan, Misr (184)

Misr futboli afsonasi. Hassan milliy terma jamoa tarkibida 8 marta Afrika Millatlar Kubogi musobaqalarida ishtirok etib, ularning naq yarmida chempionlik gashtini surgandi. «Fir’avnlar» 1998, 2006, 2008 va 2010 yillarda qit’aning tengsiz jamoasiga aylanishgan, Ahmad esa bosh rolni ijro etgandi. Nufuzli sovrinni qo‘lga kiritish bobida yarim himoyachi bilan tenglasha oladigan futbolchi yo‘q, terma jamoadagi o‘yinlar soni bo‘yicha ham. Hassanning birdan-bir armoni - JCH!

3. So Chin Enn,  Malayziya (195)

Balki bu nom Malayziyadan tashqaridagi muxlislarga tanish emasdir. Lekin atigi bir nafar futbolchi milliy terma jamoa safida undan ko‘proq uchrashuvda maydonga tushgan, xolos. Malayziyalik markaziy himoyachi 1969 yilda bosh jamoa safida ilk uchrashuvini o‘tkazgandi. So 1972 yildagi Olimpiya O‘yinlarida mamlakat sharafini himoya qildi, 8 yildan keyin uning Osiyo Kubogi turniridagi ishonchli o‘yini Janubiy Koreyadek nomdor jamoa bilan jangovar (1:1) durangni ta’minlagandi. So 1984 yilda Malayziya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi.

1-2. Krishtianu Ronaldu, Portugaliya (196)

Jahon chempioni unvoni - Ronalduning sovrinlar kolleksiyasida yetishmayotgan yagona yirik sovrin. Qatar mundiali esa so‘nggi imkoniyat edi. Afsus, katta ehtimol oxirgi imkoniyat ham boy berildi. Bunga alohida to‘xtalish shart bo‘lmasa kerak... Hozirda xalqaro uchrashuvlarda 118ta gol bilan to‘purarlar peshqadami bo‘lib turgan 37 yoshli futbolchi o‘yinlar soni bo‘yicha ham yaqqol yetakchi bo‘lish uchun bor kuch-mahoratini sarflashiga shubha yo‘q. Agarda unga yana imkoniyat berilsa, albatta.

1-2. Badr al Mutva, Quvayt (196)

Yanvarda 38 yoshini nishonlaydigan al Mutva hamon yaxshi sport formasida. U terma jamoadagi o‘yinlar sonini 200taga yetkazish umidi bilan shijoat bilan ishlamoqda. Badr al Mutva terma jamoadagi ishtirokini 2003 yilda, 18 yoshda boshlagandi. Shundan beri muntazam ravishda maydonga tushib, 56ta gol urdi va 2010 yilda Quvaytning 10-marta Fors ko‘rfazi Kubogini qo‘lga kiritishiga munosib hissa qo‘shdi.

Ravshan IBROHIM tayyorladi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 22:55, 21.12.2022.
O'qildi: 2370 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.