Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Xose Mariya del Nido: «Ota-o‘g‘il va aka-ukalar orasiga qo‘l suqilmaydi...»

Xose Mariya del Nido: «Ota-o‘g‘il va aka-ukalar orasiga qo‘l suqilmaydi...»

Baho:
+ | -

«Sevilya»ga eng shonli davri rahnamolik qilgan va orada nomaqbul yo‘llarga kirib, qamoq jazosini o‘tashga ham ulgurgan taniqli biznesmen-yurist Xose Mariya del Nido avvalgi juma kuni OAV xodimlarini Sevilya­dagi Alfonso XIII mehmonxonasiga chaqirib, yana prezident bo‘lishi haqida bayonot berdi:

 «Bunga to‘sqinlik qiladigan hech narsa yo‘q. Hozir faqat bir guruh yuristlar va amaldagi prezident Xose Kastro atrofidagilar tomonidan uzatilayotgan ma’lumotlar bor. Ya’ni bizning loyihamiz taqdim etilmadi, lekin bu menda imkoniyat yo‘qligini anglatmaydi. Klub mohiyatan nafaqat institusional inqirozda, balki oqim bilan ketmoqda. Unda na kapitan bor, na rul boshqaruvchisi. Nomzodimni ilgari surishga mone’lik qiladigan sud qarori ham, qonuniy buyruq ham yo‘q. Zinhor orqaga qaytmayman, 29 dekabr kungi yig‘ilishda aksiyadorlarning ovoz berish huquqlari poymol etilmasligidan umidvorman». Xullas, endi hammasi «Sevilya» aksiyadorlari yig‘ilishi xulosasiga bog‘liq.

O‘z loyihasi haqida

- Kimlarga rahbarlik qiladigan bo‘lsam ham, ular loyiham ravnaqi yo‘lida izlanishlariga ishonaman. Yolg‘iz o‘zim borishim va barchasida shaxsiy fikrimga tayanishimni ta’kidlolmayman. Deylik, hozirgi Monchi va men 2014 yili klubda qoldirgan Monchi o‘rtasida katta farq bor. Viskaino haqida ham xuddi shu gap.

Kengashga taklif

- Rahbarlar qandaydir tomoshaga yo‘l qo‘ymaslik uchun ikki notarius bilan bir stol atrofiga o‘tirishlari kerak. Birini ular tanlashadi, ikkinchisini biz. Shu tariqa «Sizda ustunlik bor, axir prezidentsiz» qabilidagi qarashlarni yo‘qotish mumkin. Yana hammamiz bir yo‘nalishda eshkak eshayotganimizni aytishdan ma’no yo‘q.

«Sevilya» vise-prezidenti - o‘g‘liga tanqid 

- Maqolda aytilishicha, ota-o‘g‘il va aka-ukalar orasiga qo‘l suqilmaydi. Sizlar otamni yaxshi bilardinglar. U men uchun chin rahnamo hisoblangan. Agar o‘zimni tomdan tashlashimni so‘rasa, hech ikkilanmay, eng baland nuqtaga ko‘tarilib, aytganini bajarardim. Ha, klubda maosh xarajatining oshganida o‘ziga yarasha sabablari bor. Biroq ikkinchi tomondan, bu o‘g‘limga nisbatan ishonchni yo‘qotishimga olib keldi.

Sabablar, sabablar...

- «Sevilya» deylik, 2023 yilning 31 dekabrigacha tik tura oladimi? Bunga katta shubham bor va barchasi aniq fakt­larga asoslangan: kapitansiz suzuvchi kema, hukumatsiz tashkilot, qoplanib bo‘lmas darajadagi iqtisodiy yo‘qotish, tanazzulga yuz tutgan guruh, keyingi moliyaviy yil uchun 160 milliondan ortiq xarajat... Hammasini zudlik bilan to‘g‘rilash kerak. «Se­vilya» yuristlari va o‘g‘lim Del Nido Karrasko «Se­vilya» boshqaruvini qo‘lga olish uchun qanday shoshayotganimni yaxshi bilishadi. Zero, qo‘l qovushtirib o‘tiradigan holatda emasmiz. 27500 dona emas, 150 dona aksiya egasi prezident bo‘lsin, faqat tizimni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ysa, bas.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 10:30, 29.12.2022.
O'qildi: 710 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.