Teradeportes xabariga ko‘ra, "Liverpul" "Brayton"ga yarim himoyachi Moises Kaysedoni qo‘lga kiritish niyati haqida ma’lum qildi.
"Brayton" o‘z navbatida futbolchini 70 million yevrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.
Mersisayd klubi 21 yoshli ekvadorlik futbolchiga ko‘proq qiziqish bildirmoqda, "Nyukasl" esa uni Yuri Tilemansdan keyin ikkinchi asosiy maqsad sifatida ko‘rmoqda.
Jurnalist Ben Jeykobsning qo‘shimcha qilishicha, "Brayton" transfer 70-75 million talab qilmoqda va chegirma qilmoqchi emas, hozircha rasmiy muzokaralar yo‘q.













