Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

Isko o‘zini A Seriya klublariga taklif qilyapti

Isko o‘zini A Seriya klublariga taklif qilyapti

Baho:
+ | -

Jurnalist Alfredo Pedullaning xabar berishicha, yarim himoyachi Iskoning agentlari Italiya chempionatining ba’zi klublariga futbolchi xizmatlarini taklif qilishgan.

Ular orasida "Salernitana" va "Fiorentina" ham bor. Salernoliklar rahbariyati tez orada ispaniyalikning agentlariga ehtimoliy transfer bo‘yicha javob beradi.

Bundan tashqari, 30 yoshli futbolchining vakillari "Verona" bilan muzokaralar olib borishgan, biroq Iskoning o‘zi bunday transfer juda katta tavakkal deb qaror qilgan.

Dekabr oyi o‘rtalarida "Sevilya" va futbolchi 2022 yilning avgustida imzolangan shartnomani muddatidan oldin bekor qilish bo‘yicha kelishib olgani ma’lum bo‘ldi.

Nikolo Skiraning xabariga ko‘ra, yarim himoyachiga "Vulverxempton" qiziqish bildirmoqda.

Kiritildi: 19:06, 30.12.2022.
O'qildi: 1360 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик