Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:00 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor - Lokomotiv

“Qo‘qon-1912” jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlikni qachondan boshlashi ma’lum bo‘ldi

“Qo‘qon-1912” jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlikni qachondan boshlashi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

“Qo‘qon-1912” jamoasi a’zolari 5 yanvar kunidan yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaydi. Davron Fayziyev boshchiligidagi jamoa a’zolari 5 yanvar kuni Qo‘qon shahrida to‘planishadi hamda dastlabki o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini boshlaydi.

O‘tgan yilning 31 dekabr kuni jamoaning ko‘plab futbolchilari bilan o‘rtadagi shartnomalar muddatlari yakuniga yetgan va shu boisdan jamoaning ayrim yetakchi futbolchilari boshqa jamoalarda faoliyatlarini davom ettirishga qaror qilishgan.

Murabbiylar shtabi dastlabki yig‘inni asosan jamoada qolgan futbolchilar hamda mahalliy yoshlar bilan boshlashadi. Mazkur yig‘in davomida hamda keyingi yig‘inlar mobaynida jamoa tarkibi asta-sekinlik bilan shakllantiriladi.

Kiritildi: 21:07, 02.01.2023.
O'qildi: 723 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик