"Inter" hujumchisi Lautaro Martines klub yetakchisi bo‘lishga tayyorligi va yosh futbolchilarga yordam berish istagi haqida gapirdi.
"Albatta, men kiyinish xonada yetakchi bo‘lishga tayyorman. Men bu yerda deyarli besh yildan beri o‘ynayapman va o‘zimni jamoaning muhim futbolchisidek his qilyapman. Men kiyinish xonasida mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldim va qo‘limga muhtoj bo‘lganlarga, jumladan, yosh futbolchilarga hamisha yordam berishga harakat qilaman. Chunki haqiqiy jamoalar shunday shakllanadi. Ushbu kiyinish xonasida juda ko‘p muhim o‘yinchilar borligidan xursandmiz.
Menda juda ko‘p murabbiylar bo‘lgan va men ham jismoniy, ham taktik jihatdan o‘zgarganman. Men nimada yaxshiroq bo‘lishni xohlayotganimni ayta olmayman. Ehtimol, maydonda yanada yetuk bo‘lib, kerak bo‘lganda jamoaga yordam berishni istarman", - dedi Martines Calciomercato bilan suhbatda.