Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Messi va Mbappe Ronalduga qarshi. «PSJ» yanvarda Krishtianuning yangi jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

Messi va Mbappe Ronalduga qarshi. «PSJ» yanvarda Krishtianuning yangi jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

Baho:
+ | -

«PSJ» jamoasi Saudiya Arabistonining «An-Nassr» klubiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.

RMC Sport’ning xabar qilishicha, «PSJ» va «An-Nassr» 2022 yilning yanvarida o‘yin o‘tkazishga kelishgan, biroq pandemiya tufayli yuzaga kelgan tig‘iz taqvim bois uchrashuv bekor qilingan. Qayd etilishicha, o‘zaro o‘yin o‘tkazish majburiyati saqlanib qolgan.

Endilikda «PSJ» yanvarda Saudiyaga yo‘l oladi. O‘yin sanasi hali aniq belgilanmagan.

Avvalroq arab OAV «PSJ» 19 yanvar kuni Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» hamda «An-Nassr» klublarining eng yaxshi o‘yinchilaridan iborat birlashgan jamoaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi haqida yozgandi.

Messi va Ronaldu 2020 yilning dekabridan beri o‘zaro to‘qnash kelmayapti. O‘shanda «Yuventus» Chempionlar Ligasida «Barselona»ni yirik hisobda yutgan, Ronaldu dubl qayd etgandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:30, 02.01.2023.
O'qildi: 1500 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик